O’ZBEK BADIIY ADABIYOTLAR

«Ulug’ va sadoqatli muhabbat»

T.: 2012. – 240 b.

O’zbеkiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning turmush o’rtog’i Maryam Yoqubova va o’g’li Iskandar Yokubovning ushbu kitobi atoqli adib hayotining eng sirli va kitobxonga noma’lum bo’lgan sahifasi ularning go’zal ishq-muhabbatlari va xonadoni tarixi haqida.

Kitobdagi ajoyib xotiralar, his-hayajonga to’la maktublarini o’qir ekansiz, Otabegu Kumushlar, Anvaru Ra’nolarning pok sevgisi yozuvchi to’qigan afsona emas, balki ayni hayot haqiqati ekanligiga amin bo’lasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Diyonat»

hayotiy-maishiy roman

T: 2021.432 b.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi qarorida yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug’ adib Odil Yoqubovning «Diyonat» romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma’naviy olami shunga yarasha bo’ladi.

Odil Yoqubovning «Diyonat» romani vaqtida «voqea» bo’lgan

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Billur qandillar»

Qissalar

T: 2018. – 168 b.

Odil Yoqubovning roman va qissalari o’quvchilar orasida keng shuhrat qozongan. Ularda hayotiy haqiqatlar, xarakterlar to’qnashuvi, keskin konfliktlar yorqin aks ettiriladi. Jumladan, mazkur kitobdagi qissalarda ham o’zaro insoniy munosabatlar yorqin va jonli ifoda qilingan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tilla uzuk»

Qissa, hikoyalar, etyud. T: 2019. 128 b.

Odil Yuqubov, shubhasiz, XX asr jahon va o’zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri, inson qalbining kuychisi, ta’bir joiz bo’lsa, betakror iste’dod sohibidir. Tarixiy mavzudagi yirik asarlari dunyoning bir necha tillariga tarjima qilingan, Chingiz Aytmatovdek daho ijodkorning e’tirofiga sazovor bolgan adib asarlarini qalbda tug’yonsiz, ko’zda yoshsiz, yana mutolaaga qayta ehtiyoj sezmasdan o’qib bo’lmaydi.

Yuqori sinfda tahsilni davom ettirayotgan kitobxon do’stlarimiz ham adabiyot darsliklarida Odil Yoqubov asarlari bilan qisman tanishish imkoniga ega boʻlganlar va ishonch bilan aytamizki, adib asarlarini qayerdan topib o’qisam ekan?» deb bosh qotirganlar. Dilga yaqin, mehringizni qozonib ulgurgan adib ijodidan saralangan mazkur mojazgina kitobchamiz sizga bu borada yaqin ko’makdosh bo’la oladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Onaizor»

Qissalar va hikoya T: 2020.-336 6.

O’zbekiston xalq yozuvchisi, zabardast va haqso’z adib Odil Yoqubov Vatan himoyasiga tezrok kirishish uchun o’z ixtiyori bilan yoshini bir yilga katta qilib yozdirib, urushga ketgan va janggohlarda qon kechgan jasoratli ijodkorlardan. Ushbu kitobga uning urush va urush iztiroblaridan, dahshatlaridan hikoya qiluvchi eng sara asarlari kiritilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Diyonat»

T: 2019 376 b

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Kohna dunyo»

Roman 2022.480 b. Toshkent:

Odil Yoqubovning ushbu asari 1982-yilda yozilgan. Oradan qirq yil o’tib, uni qayta nashr etishimizdan maqsad ulug’ allomalarimiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyatini bugungi kun o’quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma’naviy saboq olishga qaratilgan.

Adib asarda ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha bo’lgan davrni jonli va rangli boʻyoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Har ikki ulug’ ajdodimizning hayoti va fojiali taqdiri bugungi kun o’quvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Adolat manzili»

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ulug’bek xazinasi»

Oʻzbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub roman. Asarda temuriylar hukmronligi va olim Mirzo Ulugʻbek shaxsiy hayoti, fojiaviy qismati, shogirdi Ali Qushchi hamda Qalandar Qarnoqiy qay tarzda Mirzo Ulugʻbek kitoblarini saqlab qolishgani kabi voqealar yoritilgan. Asar Yoqubovning eng sara asari hamda Oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ulugʻbek xazinasi» 

«Mirzaterak«

Qissa va hikoyalar

Toshkent: 2021. 192 b.

Odil Yoqubov – o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan zabardast adiblardan biridir. U o’zining ijtimoiy hayotdagi faol izlanishlari samarasi olaroq adabiyotimizning boy merosiga ulkan hissa qo’shdi va bunda albatta adibning boshdan kechirganlari, hayotiy tajribalari, ko’nglida chuqur iz qoldirgan voqea-hodisalar asos boʻldi.

E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur toʻplamga ham Odil Yoqubov ijodining navbatdagi gultojlarini saraladik. Muhabbat mavzusini tarannum etuvchi qissa va hikoyalar, shuningdek, kitobxon qalbini larzaga soluvchi lahzalarga ham yuzlashtiradi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi»

Toshkent: 2021 yil. 160-bet

Ushbu risolada Abdulloh ibn Muborak (r.z.) hazratlarining tijorat bilan bog’lik faoliyati, halolligi, taqvosi va o’gitlari yoritib bеrilgan. Risolani o’qigan har bir kitobxon Abdullox (r.z.) timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgo’y va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda o’ziga tеgishli xulosa chiqaradi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Birinchi muallim»

Rus tilidan Asil Rashidov tarjimasi.

Toshkent: 2023. – 94 b.

Chingiz Aytmatovning «Birinchi muallim» qissasi ilk bora 1961-yilda «Ala-Too» jurnalida qirg’iz tilida e’lon qilingan. Ko’p o’tmay, qissa yozuvchi hamda tarjimon D.Dmitriyevaning tarjimasida «Новый мир» jurnalida bosilgan. Jahonning juda ko’p tillariga tarjima qilingan. Eng yuksak mukofotlarga sazovor bo’lgan. Tez orada u o’zbek tilida ham Zaynab tarjimasida chop etilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«XAYR DEMA»

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Zomin seminari ishtirokchilari orasida umidli, iste’dodli yosh ijodkorlar talaygina. Ana shunday yoshlar o’rtasida o’z ijodi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo’lib, Uyushmaning «Birinchi kitobim» loyihasiga tavsiya etilganlari bor. Ularning ijodiy ishlarini katta umidlar bilan hukmingizga havola etmoqdamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«IJODKORDAN OLGAN RUH»

Badiiy rahbar:

Sirojiddin SAYYID, O’zbekiston xalq shoiri

Mas’ul muharrir: To’lqin ESHBEK

Nashr uchun mas’ul: Ahmadjon MELIBOYEV

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Zomin seminari ishtirokchilari orasida umidli, iste’dodli yosh ijodkorlar talaygina. Ana shunday yoshlar o’rtasida o’z ijodi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo’lib, Uyushmaning «Birinchi kitobim» loyihasiga tavsiya etilganlari bor. Ularning ijodiy ishlarini katta umidlar bilan hukmingizga havola etmoqdamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Kulichimda otadi tonglar»

Badiiy rahbar: Sirojiddin SAYYID, O’zbekiston xalq shoiri

Mas’ul muharrir: Zulfiya MO’MINOVA

Nashr uchun maslul: Nargiza ASADOVA

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Zomin seminari ishtirokchilari orasida umidli, iste’dodli yosh ijodkorlar talaygina. Ana shunday yoshlar o’rtasida o’z ijodi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo’lib, Uyushmaning «Birinchi kitobim» loyihasiga tavsiya etilganlari bor. Ularning ijodiy ishlarini katta umidlar bilan hukmingizga havola etmoqdamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«TUBO»

Kitob orqali yosh muallifning ko’ngil bitiklarini o’qib ko’rib, uning ijod bulog’idan bahramand bo’lishingizni istaymiz.

Ushbu kitob O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining she’riyat kengashi tomonidan nashrga tavsiya qilingan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«730 кун»

Хикоя

2022 й. 256 б.

Ўтган асрнинг 80-йилларида Афгонистонга «холис» ёрдам учун кирган Совет армияси сафида ўзбек ўғлонлари ҳам хизматга сафарбар этилган эди. Бу китоб ўша йиллар Афгонистонда хизмат қилган Илёс Азизов ёзган бадиий роман эссе бўлиб, муаллифнинг Афгонистондаги 730 кунлик шахсий хотираларига асосланган (барча ўхшашликлар тасодифий).

Узоқ-яқин мамлакатларда нотинчлик ҳукм сураётган ҳозирги кунда ҳар бир ўзбек ватандоши бу романни ўқиб, тинчликнинг нақадар бебаҳо неъмат эканлигини ҳис қилишига аминмиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Abdulhamid Sulaymon o’g’li

«Hikoya va tarjimalar to’plami«

«Adabiyotimizning so’nmas yulduzlari» 2023. 128 b.

«Adabiyot chin ma’nosi ila o’lgan, so’ngan, …o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o’tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma’rifat suvi, …chang va tuproqlar to’lgan ko’zlarimizni artub, tozalaydurgan buloq suvi bo’lganlikdan bizga g’oyat kerakdur», degan edi Cho’lpon.

Darhaqiqat, ozodlik kuychisi Cho’lponning hikoyalarini o’qir ekansiz, ilm-ma’rifatga, adabiyotga qanchalar katta ahamiyat berganiga guvoh bo’lasiz. Ha, adib o’z hikoyalarida, sh’erlarida, hatokki dramalarida ham o’z davrining dolzarb muammolarini, ya’ni bilimsizlikni, jaholatni, erk ozodlikni ko’tarib chiqqan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Жамила»

қиссалар

Тошкент 2022. – 432 6.

«Жамила», «Алвидо, Гулсари!», «Сомон йўли» ҳамда «Бўтакўз» қиссаларидан таркиб топган мазкур китоб Чингиз Айтматов асарла ри туркумида чоп этилмоқда.

Жамила катта оилага тушган янги келинчак. Аммо висол узоқ давом этмайди. Уруш ёш оилага нафақат ҳижрон ва айрилиқ, балки парокандалик олиб келади. Турмуш ўртоғини фронтга жўнатган ке лин эркаклар меҳнатини зиммасига олиб, далага чиқади. Гўзаллигию чаққонлиги сабаб қайнонаси уни бегона кўзлардан асраш учун ёнига «қўриқчи» қўяди.

Фронтдан ногирон бўлиб қайтган одамови Дониёр нимаси билан Жамиланинг севгисини қозонди? Қайниси севимли янгасини акаси тириклигидаёқ бегона билан кетишига нега йўл қўйди? Йўқсил Дониёр билан кетиб, афсус билан қайтишини кутган овул Жамила қисматида нималарга гувоҳ бўлди?

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Oxirzamon nishonalari«

«Kassandra tamg’asi»

Roman

Suyun Qorayev tarjimasi.

2019. – 272 b.

«Oxirzamon nishonalari» romani mohiyatiga nazar tashlab, kosmik yuksaklikka ko’tarilib, ezgulik bilan yovuzlik o’rtasida azaliy kurashning yangi qirralarini kashf etish, insoniyat taqdiri haqida jon kuydirib, yangi asar yozish faqat Chingiz Aytmatovdek buyuk adibga nasib bo’lganiga ishonch hosil qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qulayotgan tog’lar»

Roman

Rus tilidan Ibrohim G’afurov tarjimasi. 2023. – 256 b.

Chingiz Aytmatov hayotining oxirgi yillarida ‘Qulayotgan tog’lar» («Mangu qayliq») deb atalgan romanini yozdi. Unda bozor iqtisodiga o’tayotgan, shiddat bilan globallashuv jarayonlariga kirib borayotgan hozirgi dunyoning ma’naviyiqtisodiy muammolarini Qirg’iziston, Markaziy Osiyo voqeligi, odamlar taqdiri, turmushi, ongida ro’y berayotgan keskin, og’riqli o’zgarishlarga chambarchas holda yoritdi. Tabiat, jamiyat, inson taqdirida yuz berayotgan rang-barang hodisalarni butun fojialari bilan birga yaxlit tasvirladi. Asar buyuk adib va donishmandning avlodlarga so’nggi vasiyatiday o’qiladi. Zullisonayn adib bu romanini rus tilida yozdi. U 2007-yilda Peterburgda nashr etildi. Aynan oʻsha nashr asosida o’zbek tiliga tarjima qilindi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Oq kema»

qissa. 2019. – 160 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Оқ кема»

қиссалар

Қирғизча ва русчадан Асил Рашидов таржималари.

Тошкент: Янги аср авлоди, 2019. 432 6.

«Соҳил ёқалаб чопаётган олапар», «Оқ кема» ҳамда «Сарвқомат дилбарим» каби машҳур қиссалардан иборат ушбу китоб Чингиз Айтматов ижодининг энг сермаҳсул давридан далолатдир.

Ҳар учала асар жонли тасвир ва ҳикоячилик жиҳатидан ўқувчи диққатини буткул ўзига тортади.

Биринчи марта чинакам овчилар билан денгизга чиққан Кириск овдан нега ёлғиз қайтди? Оқсоқол Ўрхоннинг хаёли мила, нинг ға заби ва отасининг қатъий қарори ўн бир ёшли Кир ҳаётини қанчалик ўзгартирди?

Ёки набирасига Шохдор она буғу ҳақида ривоят айтиб, ўзларининг бош бўғини дея ишонтирган, оғир вазиятларда қабиладошларини фақат Она буғугина асрай олади, деган Мўмин чол нега ўз қарашларига қарши чиқди? Она буғуни овлаб, зиёфат қилишга чолни нима мажбур қилди?

«Сарвқомат дилбарим» эса бир муҳаббат ҳақида икин тақдир ҳи коясидан иборат. Аммо бир қарашда, бир учрашувда уз севгисини топган Илёс нега пок севгисини хиёнатга алмаштирди? Йиллар ўтиб ўғлини топганда нега отаси эканлигини айтолмайди? Асар давомида яна бир муҳаббат тарихидан огоҳ бўласиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Эрта қайтган турналар»

қиссалар ва ҳикоялар

Рус тилидан Асил Рашидов таржимаси.

2018. – 432 6.

«Туркий дунё Алишер Навоийдан қарийб 500 йил кейин адабиёт чўққисига Чингиз Айтматовни олиб чиқди», деган фикрни бугун бирор бир адабиёт ихлосманди инкор этмайди.

Асарлари дунёнинг 180 тилига таржима қилинган ва турли миллат вакилларини инсонни улуғлашга чорловчи қадрият-лар атрофида бирлаштирган ёзувчи ижодига китобхон халқи қайта ва қайта мурожаат қилаверади.

Эътиборингизга ҳавола этилаётган навбатдаги китобга биз адибнинг «Биринчи муаллим», «Эрта қайтган турналар», «Юзма-юз» қиссалари ҳамда «Байдамтол соҳилларида», «Оқ ёмғир» ҳикояларини жамладик.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Erta qaytgan turnalar»

Qissa

Ruschadan Asil Rashidov tarjimasi

«Jahon adabiyoti durdonalari turkumi» T.2020. – 112 b.

Chingiz Aytmatovning «Erta qaytgan turnalar» qissasida ikkinchi jahon urushi yillarini, xalqning front ortidagi mehnat-mashaqqqatini, shuningdek, urush davridagi yosh bolalarning oʻynab-kulmasdan, balki urushga ketgan ota, akalarining o’rnini bildirmasdan mehnat qilishlari, barcha qiyinchiliklarga chidab kelishlari tasvirlanadi.

Asardagi voqealar qirg’iz ovullaridan birida ro’y bergan. Shu ovulning yosh farzandlari – Sultonmurod, Onatoy, Erkinbek, Qubbatqul va boshqalar o’z yurtlarida ham ikkinchi jahon urushining front orti mashaqqatlarini boshidan kechirishadi ular murg’ak qalblari bilan urushning qanchalar dahshatli ekanini his qilishadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Кассандра тамғаси»

Фалсафий роман.

Русчадан Суюн Қораев таржимаси.

2023.240 б.

Буюк адиб ушбу фалсафий романида бутун сайёра, борингки космос миқёсида кенг ва узвий мушоҳада юритган. Бугунги шафқатсизлик, ёвузлик, ваҳшийлик уруғларининг келажакда қандай даҳшатли мевалар беришини космик юксакликдан башорат қилган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Alvido, Gulsari»

Qissa

Ruschadan: ASIL RASHIDOV va ABDURAIM OTAMETOV

2020. – 192 b.

Asar yuzaki qaraganda Gulsari nomli ot va uning egasi Tanaboyning oʻzaro do’stlik va sadoqatiga asoslanganday ko’rinadi, lekin asarni chuqurroq o’qiganingiz sayin Sobiq Ittifoq totalitar tuzumining hatto siyosatdan narida yuradigan odamlarning ham hayotini bulg’aganiga guvoh bo’lasiz.

Asarning bosh qahramoni yilqichi Tanaboy o’sha davr xunrezliklariga boʻyin egmasdan o’z maslagida sobit qolgan obraz sifatida tasvirlanadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Асрни қаритган кун»

Роман

Рус тилидан Асил Рашидов таржимаси.

2023.-352 6.

Асарнинг асосий қаҳрамонлари бўлган оддий меҳнат кишилари – Эдигей Бўрон, Казангап, Бўкей, Уккубола, Абутолиб Куттибоев, Зарифа образларидаги ўзига хос характер, ички олам, улар бошидан кечган мусибат китобхон қалбига шу даражада яқинки, гўёки улар биздан унчалик ҳам олисда эмасдек…

Казангапни Бўронли бекатидан унча узоқ бўлмаган Она Байит қабристонига дафн этишга ундаган сабаб ҳамда Найман онанинг фарзанди томонидан фожиали ўлдирилиши ўртасидаги боғлиқлик асарнинг бутун бир моҳиятини очиб беради.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Юракдаги ҳисларим»

(Шеърлар).

Иқтидорли ёш шоира Дилбарой Абдуназарованинг «Юракдаги ҳисларим» деб номланган ушбу биринчи китобига Ватан, дўстлик, ота-она, она табиат, севги ва садоқат, висол ва ҳижрон ҳакидаги шеърлари киритилди.

Эндигина ўн олти ёшга қадам қўйган Дилбаройнинг ажиб шеърлари диди баланд ва талабчан азиз ўқувчилар кўнглига ёқади, деган умиддамиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«КУЗДАГИ КУКЛАМ«

Баҳор ва кузни ёз ва қиш фасли ажратиб туради. Не бахтки, Аллоҳ назари тушган, баҳори куздан бошланадиган юртда яшаш бизга насиб этган. Бу қиёслашнинг биз учун бошқа муҳим жиҳати ҳам бор.

Биз ҳар йили биринчи сентябрда куз фаслининг илк санасида Ўзбекистонимизнинг Мустақиллик кунини байрам қиламиз. Мен бир қаламкаш сифатида халқ вакилларининг мустақиллик эълон қилинган тарихий йиғинида қатнашиш бахтига муяссар бўлганман. Ўзим кўрдим, бевосита гувоҳ бўлдим, юрагим билан ҳис этдим: бу хушхабар бир зумда кузнинг хазин ва ўйчан кайфиятини баҳор суронлари билан сарафроз этди. Кўнгилларга яшнаш ва яшариш нафасини уфурган мустақиллик шабодаси пуч коммунизм хазонларини чирпирак қилиб юборганини кузатишнинг ўзи ажойиб эди. «Куздаги кўклам» китобини ана шу бахт нашидаси деб қабул қиласиз, муҳтарам ўқувчим. Қолаверса, Шайх Саъдий айтмоқчи, ҳаётий тажриба қуюлиб, тиниқиб, умр карвонининг қўнғироқлари катта сафарга чорлаб турганида ижодининг бир қисмини китобат қилишнинг ўзи ҳар қандай ижодкор учун ҳам кўкламдай бир гап.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Асрни қаритган кун»

Роман. 2018. 456 б.

Ёзувчи Чингиз Айтматов барча асарларида бўлгани каби, мазкур асарида ҳам ўз усул-анъанасига содиқ ҳолда муайян ҳаётий воқеалар тасвирини ривоятлар фонида тасвирлаганки, асарни ўқиганимизда, ҳаёт турмуш тасвири қаердан бошланадию, ҳайратомуз тахайюл рамзлари, фантастика қаерда тугашини билмай қоламиз.

Адибнинг «Асрни қаритган кун» романи маънавий-руҳий покланиш палласида инсонга ўз-ўзини англаш дарсидан сабоқ бериши, шубҳасиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Асрларни қаритган кун»

Роман

Русчадан Асил Рашидов таржимаси

«Жаҳон адабиёти дурдоналари» 2019. – 400 б.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Boʻtakoʻz»

Qissa to’plami

Nashrga tayyorlovchi, qo’shimcha iqtibos va izohlarni kirituvchi:

Ergashboy Matyoqubov.

Chingiz Aytmatov «Bo’tako’z» qissasida mehnat va ishq-muhabbat tarannum etilgan desak mubolag’a bo’lmaydi.

Asarning asosiy voqealari Abubakir, Kamol va saqmonchi qiz Qalipa orasida bo’lib o’tadi. Adib mana shu uch obraz orqali mehnat va ishq-muhabbatni oʻzaro bir-biriga zid qo’yadi. Bu ziddiyat asarning boshidan oxirigacha davom etadi.

Shuningdek, asarni o’qir ekansiz, unda xudbinlik va nekbinlik, yolg’on va haqiqatning ham o’zaro kurashiga duch kelasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sarvqomat dilbarim»

Qissa

Ruschada Asil Rashidov tarjimasi

«Jahon adabiyoti durdonalari» turkumi T.2020.144 b.

Chingiz Aytmatovning ushbu qissasida tom ma’noda hayotiy-maishiy haqiqat va muammolar tasvirlanadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Asar qahramonlari Ilyos, Asal, Xadicha, Boytemir, Jontoylarning har birining o’ziga xos fe’l-atvori hozirgi kunda ham zamondoshlarimizning qaysidir birlarida takrorlanadi.

Asal bilan Ilyos asar boshida tasodifan uchrashib, taqdir taqazosi bilan o’zaro turmush qurishadi. Lekin negadir Ilyos o’z muqaddas oilasiga xiyonat qiladi…

Nima uchun?

Asal nega Ilyosni kechirmadi?

Jontoy nega Ilyosga hasadgoʻylik bilan qarardi?

Ilyos uzoq yillardan keyin farzandini topganda unga nega otasi ekanligini aytolmay qiynaladi?

Boytemir Ilyos va Asal taqdirida qanday rol o’ynaydi?

Asarni o’qish davomida bu savollarga javob topasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Олигархнинг меросхўри»

Роман 304 б.

Бирданига афсонавий меросга уч миллиард «кўки»га эга бўлишни бечораҳол журналист Ринат Шарипов тушида ҳам, ўнгида ҳам хаёлига келтирмаганди. Ҳаёти эртаклардагидек ўзгариб кетди: қимматбаҳо машина, ҳашаматли ресторанлардаги тушликлар, ҳолжонига қуймайдиган соҳибжамоллар… Афсуски, текин пишлоқ фақат қопқондагина бўлади. Бошига кутилмаганда ёғилган бойликнинг ҳақини эса Ринат тўлаши керак… Қўрқув билан.. Кимдир унга ўқ ҳам узиб кўрди ва бу қўлидан яраланиш билан тугади. Ким унинг пайига тушган? Унга ҳаддан зиёд бойликни мерос қолдирган олигарх тоғасининг вертолётини портлаттан кимсалар эмасмикин? Бу саволнинг жавоби чекига тушган бойликдан ҳам кўпроқ танг қилишини Ринат ҳали билмайди.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Borsa kelmasdan qaytganlar»

Roman 2023. – 320 b.

Maxsus xizmatlarning eng murakkab yo’nalishlaridan biri bo’lgan harbiy razvedka! Bu sohada ignaning teshigidan o’tadigan mohir va uddaburro, tog’ va daryolardan oshib-hatlaydigan jasur, matonatli o’g’lonlar xizmat qiladi. Ular o’ta xatarli vaziyatlarda ham o’zlarini tuta biladigan, muhim qarorlarni tezkor qabul qilish ko’nikmasiga ega, jismonan baquvvat, doim jangovar shay, bilim va salohiyatli bo’lishi kerak. Aks holda, ya’ni bunday sifatlarga ega bo’lmasa, davlat man-faatlariga xizmat qiladigan o’ta muhim va maxfiy topshiriqlarning uddasidan chiqolmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«ЕЗОП»

Хурматли китобхон! Биз ушбу тўпламга учта мустақил асарни жойладик. Улар бир-бирига ўхшамаслиги мумкин, лекин диққат билан кузатиб борсангиз, ўртасида маъжозий боғланиш бор. Бири олис, иккинчиси яқин ўтмиш, учинчиси келажак тўғрисида.

Ўйлаймизки, ўтмиш, бугун ва келажакка бағишланган ушбу ҳикоялар ҳаёт ва унинг ривожланиш босқичлари ҳақидаги дунёқарашингизни кенгайтиради.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Qo’noq (hikoyalar).

Toshkent: 2019-y. 192 bet.

Bayramning ushbu hikoyalarida siz bolalikning beg’ubor nigohini, o’zingizga tanish iztiroblari va hayratlarini ko’rasiz. Do’sti uchun muhabbat maktubini bitgan bolaning vijdon qiynoqlari, vaqt chegarasida yoshligi bilan uchrashgan inson ruhiyatidagi to’lg’oqlar sizga naqadar qadrdon ekanligini tuyasiz. Qishloq hayoti manzaralarini, odamlarining ichki dunyosini yosh yozuvchining sinchkov nazari ila kuzatarkan, o’quvchi o’z qalbida va amalda qanday umrguzaronlik qilayotganini mushohada qila boshlaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Quyosh kulib boqadi»

Hikoyalar

Toshkent: 2019-y. 124 bet.

Furqat qisqa-qisqa hikoyalarida hayotning katta-katta falsafalarini aks ettirishga intiladi. Batafsillik va bayondan yiroq, sodda, kinossenariylarga monand til, qishloq odamlarining e’tibor berilmaydigan kundalik tashvishlarining manzaralari sizni o’ziga rom qilib qo’yadi. Hayo, vijdon azobi, oriyat hikoyalar qahramonlari ruhiyatidagi bu tuyg’ular o’quvchini e’tiborsiz qoldirmaydi degan umiddamiz.

Ushbu kitob O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o’tkazgan Respublika yosh ijodkorlarining Zomin an’anaviy seminarida tavsiya qilinib, «Ijod» jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«САЙЛАНМА»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qorako’z majnun»

Xotiralar. Badyiyalar. Hikoyalar.

T.: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.-160 b.

O’zbekiston Qahramoni ardoqli adibimiz Said Ahmadning ushbu to’plamida uning turli yillarda yaratgan sara asarlari jamlangan. Kitobdan o’rin olgan «Qorako’z majnun», «Sarob», «Azroil o’tgan yo’llarda hikoyalarida ona va farzand, ota va o’g’lonlar o’rtasidagi keskin munosabatlar ildizi asr fojeasi, mustabid tuzum siyosati, mafkurasi, axloqiy aqidalariga borib tutashadi; fojealar mash’um siyosatning mudhish oqibati tarzida tasvirlangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Уфқ«

Т.2019 йил. 632 б.

«Уфқ» трилогияси Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ўзбекистон Қахрамони Саид Аҳмад ижодида алоҳида ўрин тутади. Трилогия ХХ аср миллат ҳаётининг ўн йиллик даври иккинчи жаҳон уруши, уруш ва урушдан кейинги йиллар воқеаларини ўз ичига олади. Трилогияда ўша йиллари халқ бошига тушган мусибатлар, одамлар кўксидаги армонлар, ёзувчи истеъдодига хос эҳтирос, зўр илҳом билан акс этти-рилган. Асарда Низомжон, Икромжон, Жаннат, Азизхон, Дилдор, Асрора каби теран, халқчил, ёрқин миллий образлар яратилган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Зилзила»

«Ер куррасининг нариги томонида бирон боланинг бурни қонаса, курранинг бу томонида туриб дастрўмол узатадиган мехри дарё Узбекни қандоқ нарсадан бино қилгансан, худойим!»

Атоқли адиб Саид Аҳмаднинг ушбу ҳикоя ва эссе-хотиралар китобида юртимизнинг улуғ фарзандлари ҳаётига оид қизиқарли лавҳалар мисолида халқимизга хос ана шу олижаноб фазилатлар улуғланади.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Танланган асарлар»

Т.: «Sharq», 2010. -304 6.

Азиз китобхон!

Қўлимиздаги китоб Ўзбекистон Қаҳрамони, халкимизнинг се вимли адиби Саид Аҳмаднинг «Танланган асарлар»и 2000 йилдан буён кайта-қайта нашр этиб келинмоқда.

Вакт бешафқат дейишади. Машҳур адибимиз Саид Ахмад хам, уларнинг китобига сўз боши битган адабиётшунос олимимиз Озод Шарафиддинов ҳам бугун орамизда йўқ (Аллоҳ уларни ўз рахматига олган бўлсин). Аммо уларнинг ёзган асарлари ҳали-ҳамон севиб ўкилади, уларда кўтарилган муаммолар бугунги кунда ҳам долзарблигича қолмоқда. Ёшларимизнинг маънавий-ахлоқий етук инсонлар бўлиб шаклланишларида бу зотлар асарларининг ҳам салоҳияти ўзгача. Айнан шунинг учун ҳам С. Аҳмаднинг «Танланган асарларини айнан ўз ҳолича эътиборингизга ҳавола этмоқдамиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Жимжитлик«

роман

Т. 2021. 400 б.

Таниқли адибимиз Саид Аҳмаднинг «Жимжитлик» романи 1986-1987 йилларда «Шарқ юлдузи» журнали да давомли эълон қилинди. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти уни 1989 йилда 150 000 нусхада босиб чиқарди.

Бироқ цензура муаллифни огоҳлантирмай, ҳатто, унга билдирмай, асарнинг учдан бир қисмини олиб ташлади. Оқибатда, «майиб» асар ўқувчи қўлига тегди.

Муаллиф ўтган ўн тўрт йил давомида романни қайта тиклаш учун кўп уринди. У асарни қайта ишлаш жараёнида бугунги кун талабларини назардан қочирмади.

Роман ёвузлик билан эзгуликнинг абадий курашига бағишланган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Танланган асарлар»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«ХАЗИНА«

Ҳурматли китобхон!

Сиз ёзувчи Саид Аҳмаднинг ўнлаб китоблари, ўткир тил билан ёзилган фельетонлари ва мақолалари билан кўпдан бери таниш бўлсангиз керак.

Мазкур тўпламга ёзувчи Саид Аҳмаднинг кўп йиллар давомида яратган энг яхши ҳикояларини саралаб киритдик. Езувчининг чуқур лиризм билан суғорилган, кишини ҳаяжонлантирувчи ҳикоялари билан биргаликда, турмушда учрайдиган айрим иллатларни беомон танқид ўтига тутувчи ҳажвий асарлари билан ҳам танишасиз. Шубҳасиз бу тўплам ўзбек адабиётида ҳикоя жанрини ривожлантиришда актив иш олиб бораётган ёзувчи Саид Аҳмад ижодини маълум даражада ёритиб беради.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Узбечка» ёхуд снайпер қиз ҳақида қисса

2019. 288 б.

Асар воқеалари уруш ўчоғида рўй беради. Балоғат ёшидаги қизнинг бу ваҳшат водийсига тушиб қолиши асло тасодиф эмас. Уруш ортидаги меҳнати билан такрор туҳматларга учрайвергач, ўзини ўзи борса-қайтмасга ҳукм қилади. Жангда ҳам жиддий синовларга рўбарў келади. Душманга қарши урушда тарафдорлари томонидан ўлимдан оғир жазога ҳукм қилинганда эса сукут ва сабр билан… кутади. Ҳақиқатнинг қарор топиши жуда қийин, аммо барибир юзага чиқади!..

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Madaminbek: Qonli gullar vodiysi»

Tarixiy roman 2021. – 496 b.

O’tgan asr boshlarida Turkiston alg’ov-dalg’ov voqealar girdobida qoldi. Shunday og’ir vaziyatda xalqimiz orasidan chinakam yurt fidoyilari yetishib chiqdi va vatan ozodligi yo’lida tengsiz kurashga kirishdi. Qo’lingizdagi asar millat qahramonlaridan biri Madaminbekning hayot va kurash yo’liga bag’ishlangan. Asarni o’qish davomida kitobxon bugungi dorilomon kunlar osonlik bilan kelmaganini tushunib yetadi deb o’ylaymiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Куллиёт

Адабий-бадиий

Тошкент: 2020.312 6.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Буюклар муҳаббати»

Эсселар: 2016. – 392 б.

Бу китоб муҳаббатдан сўзлайди. Саҳифалар Сизга Қодирий билан Раҳбарой, Фитрат билан Фотима, Чўлпон билан Моҳирўя, Ойбек билан Зарифа, Шайхзода билан Сакина, Миртемир билан Ҳалима, Айтматов билан Бибисора муҳаббатидан ҳикоя қилади. Лермонтов ва Сушкова, Симонов ва Серова севгиси билан таништиради. Дидро билан Волан хоним, Мирабо билан София, Флобер билан Луизанинг ишқий номаларидан баҳраманд этади. Гётенинг севимли аёллари, Бетховен билан Жульетта… хуллас, китобни ўқиркансиз, буюкларнинг севгиси ҳам буюк бўлганига ишонасиз!

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Абадият гулшани»

«Халқ сўзи» ва «Народное слово» газеталари бош муҳаррири

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ulug’ saltanat»

Roman-epopeyasining uchinchi kitobi «Mironshoh Mirzo» romanida 1392-1399- yillarda Turon saltanatining xalqaro nufuzi ortib borayotgani, Xuroson, Eron, Iroq, Suriya mamlakatlarida kechgan voqealar, Terek daryosi boʻyida Oltin O’rda xoni To’xtamishxon bilan kechgan ikkinchi dahshatli urush (1395) manzaralari yoritiladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ulug’ saltanat»

2019.528 b.

Roman-epopeyasining yakunlovchi to’rtinchi kitobi «Shohrux Mirzo» romani 1400 1409-yillar voqealariga bag’ishlangan. Unda Sohibqironning xalqaro munosabatlardagi qizg’in faoliyati, yurtimizda va boshqa ellarda olib borgan bunyodkorlik ishlari tasvirlanadi. Usmonli Rum imperiyasi sultoni Yildirim Boyazid bilan kechgan, Amir Temurni Yevropa xaloskoriga aylantirgan ulug’ jang (1402) tasvirlari oʻquvchini befarq qoldirmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Қора кўзлар«
Роман

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Eski maktab»

Qissalar 2023. 240 b.

Atrofimizda turlicha tabiat egalari bor. Kimdir ochiq ko’ngil – kimdir g’azabnok, kimdir shafqatli – kimdir mehrsiz, kimdir samimiy kimdir xushomadni yaxshi ko’radi. Ammo shunday tabiatli insonlar toifasi borki, ular nafaqat og’zaki gurunglarning, balki butun boshli asarlarning qahramonlariga aylanganlar. Shunday qahramonlardan biri, shubhasiz, Sadriddin Ayniyning xasislikda, sudxo’rlikda dong’i ketgan Qori Ishkambasidir.

Boylik, moldunyo nafaqat ko’zini, balki butun ongu shuurini egallab olgan Ishkamba obrazi, uning qarashlari, atrofdagi odamlar va yashayotgan muhitiga munosabati kitobxonning kulgidan ko’ra, g’azabini, koʻpchilik holatlarda esa chin dildan rahm-shafqat tuyg’usini uyg’otadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Алишер Навоий асарларида фалакиёт сирлари«

Ушбу китобда Алишер Навоий космогоник дунёқараши шаклланишида Улуғбек астрономия мактабининг ўрни, Алишер Навоий асарларида фалакиёт илмига оид маълумотлар (астрономик жиҳозлар, олам моделлари, осмон жисмлари, самовий ҳодисалар), Алишер Навоий асарларидаги астрономик маълумотларнинг манбалари ҳақида сўз боради.

Китоб фан тарихи мутахассислари, олий ўқув юртлари ўқитувчилари, талабалари ва Марказий Осиёда астрономия фани тараккиёти билан қизиқувчи барча ўқувчиларга мўлжалланган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Сайланма»

Улуғ алломамиз Алийбег Рустамий сайланмасининг мазкур жилдидан унинг академик Ғ.Абдураҳмонов билан ҳамкорликда ёзган «Қадимги туркий тил» асари, шунингдек, «Сўз хусусида сўз» ҳамда «Бисмиллоҳнинг маъноси» рисолалари ўрин эгаллаган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Биллур гулдон«

Қўлингиздаги китоб истеъдодли адиба Маъсума Аҳмедованинг қисса ва ҳикоялари ҳамда дунёга машҳур ёзувчилар ижодидан қилинган бадиий таржималаридан ташкил топди.

Ушбу китоб мутолаасига киришар экансиз, соддадил ва беғубор қишлоқ одамлари билан танишасиз, уларнинг орзу-умидларига, самимий ва мураккаб инсон қалби кечинмаларига шоҳид бўласиз.

Сўнг эса чет эл адабиётининг кўзга кўринган адиблари асарларини ўзбекча талқинда ўқийсиз. Бу асарлар қаҳрамонлари, воқеалар ривожи сизни қизиқтириб қолади, заминида ижодкор айтмоқчи бўлган фикри, фалсафасидан мутаассир бўласиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Mashaqqatlar osha yulduzlar sari»

Ushbu to’plamdan yozuvchi Abduqayum Yo’ldoshevning turli yillarda yozgan rang-barang mavzulardagi hikoyalari o’rin olgan. E’tiborli tomoni shundaki, barcha hikoyalarni o’zaro bog’lab turgan bir jihat bor. Bu ham bo’lsa asarlardagi aksariyat yosh qahramonlarning o’z hayotlarida arzirli yangilanishlar, o’zgarishlar, istilohlar qilishga urinishlari, o’zliklarini yaratish istagida jon-jahdlari bilan kurashishlaridir. To’g’ri, jarayon oson kechmaydi, aksar holat-larda yutuqdan ko’ra muvaffaqiyatsizlik, g’alabadan ko’ra mag’lubiyat kutib turadi qahramonlarni. Ammo na iloj, buni hayot deydilar. Muhimi, insonning oldinga intilib yashashi, o’zini anglash harakati, mag’lubiyatlardan to’g’ri saboq chiqara bilish salohiyatidir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Хоин«

қиссалар ва ҳикоялар

Ёзувчи Равшан Йўлдош китобхонларга ўзининг детиктив асарлари билан танилишга улгурган.

Унинг қаҳрамонлари ҳар қандай мушкул муаммо-ларни ҳал қила оладиган абжир кишилар.

Хоин қисса ҳам детектив жанрда бўлиб, етти ёшдан етмиш ёшгача бўлган барча китобхонларга бирдек манзур бўлади.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Такдирдан қочиб бўлмас»

2018. 408 6.

Ўткир Абдураҳимовнинг ушбу асарида ўзбек адабиёти томонидан ҳали «ишланмаган» мавзу қаламга олинган Халқаро полиция (Интерпол) фаолияти ёритилган.

Шу ҳам муҳимки, асарнинг бош қаҳрамони, «Интерпол» ходими Эркин Пўлатов муаллиф ижодий хаёлоти маҳсули эмас, бугунги кунда соғ-омон яшаб турган замондошимиз, юртдошимиздир. Миллати ҳам ўзбек.

Романда ҳозирги замоннинг муаммоларидан бири наркотик моддалар ҳамда қурол-яроғ савдоси билан ноқонуний шуғулланаётган жиноятчилар тўдасининг фош этилиши жуда қизиқарли ва ҳаяжонли тарзда ҳикоя қилинадики, бу унинг китобхонлар томонидан севиб ўкилишини таъминлайди.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ҳукмдорнинг карғиши»

детектив кисса 2017. 384 б.

«Ҳукмдорнинг қарғиши» деб номланган ушбу детектив қиссада Александр Македонскийга тегишли бўлган буюмлар, Муҳаммад Хоразмшоҳ тахти ва юртимиз тарихига оид бошқа кўплаб осори-атиқаларнинг бадавлат коллекционерлар, собиқ шўро ҳукумати вакиллари, чет эл разведкаси агентлари томонидан қидирилиши ҳамда уларнинг қўлга киритилиши давомида кечган воқеалар ҳақида ҳикоя қилинади.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ko’ngilda ingan tuyg’ular»

she’rlar 2017. 40 bet.

Ko’ngilda ingan tuyg’ularni qog’ozga to’kmoq har kimning ham qo’lidan kelaveradigan ish emas, buning ustiga she’riy san’at bilan. She’r shunday nafis san’atki, unda hislarning eng baland nuqtalardagi holatlari ifodalanadi. Mohinurning bu yo’ldagi urinishlari e’tirofga loyiq. U Vatan madhini, ona qadrini, tabiat go’zalliklarini samimiyat bilan kuylaydi. Muhabbatning turfa kechinmalarini qaynoq yurak bilan qalamga oladi. Kitobni o’qib, siz ham bunga amin bo’lasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Bahor bulbullarining chah-chahi»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Ёшлик баҳори

(Шеърлар, ғазаллар, касидалар, мухаммаслар).

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

“Кўнгил кўнгилдан сув ичар»

Ғазаллар, мухаммаслар. 2020 йил, 84 бет.

Андижонлик шоир Мусохон Абдулхаевнинг ушбу янги китобига кейинги йилларда ёзилган турли мавзулардаги янги ғазаллари ва мухаммаслари киритилди.

Шоирнинг «Кўнгил кўнгилдан сув ичар» деб аталган ушбу китоби ғазал шайдоларига, умуман шеъриятни севувчи адабиёт мухлисларига муносиб туҳфадир.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ёзувчининг боғи»

Ушбу тўпламдаги ҳикоялар гарчи мазмунан кейинги ўттиз-қирқ йиллик воқеаларни қамрасада, уларни янги аср ҳикоялари дейиш мумкин сўнгги ўн-ўн беш йилликда ёзилган.

Китобга, шунингдек, ўтган асрдан бир эсдалик сифатида «Шоирнинг тўйи» қиссаси ҳам киритилди.

Руҳан ва услубан турлича бўлган бу асарларнинг ҳар бирида адибнинг жамият ҳаётига, давр эврилишларига фаол муносабатини кўрасиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Жаннат ўзи кайдадир»

Хикоялар, киноқиссалар, драматик асар ва публицистик миниатюралар. -Т.2007. 272 бет.

Эркин Аъзамнинг ушбу китобига унинг асосан кейинги бир йиллик ижодий маҳсули жамланди. Турли жанрга мансуб бу асарларни замон ва замондошлар ҳақидаги безовта ўйлар бирлаштириб туради.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Буюк тадбиркорлар«

Тилимизда буюк деган таърифни олган ўхшатиш воқеа-ҳодисалар жуда кўп. Буюк Шарқ, Буюк давлатлер, Буюк империялар, Буюк Хитой девори, Буюк Ипак йўли, Буюк кашфиётлар, Буюк даҳолар ва ҳоказолар шулар жумласидандир. «Davr press» нашриёти ана шу буюкликлар билан таништириш мақсадида «Буюк шахслар ҳаётидан» туркуми остида бир қанча китобларни мухлисларга тақдим этишни мақсад қилди. Қўлингиздаги «Буюк тадбиркорлар» номли рисола ана шу йўлда қўйилган биринчи қадамдир. Унда оламшумул кашфиёт ва янгиликлар, ўзгариш ва ихтиролар яратган, бутун жаҳон оммаси эътирофига сазовор бўлган кишиларнинг ҳаёти ҳақида ҳикоя қилинади.

Китоб кенг оммага мўлжалланган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Abrorlar hayrati»

T 2022. 196 b.

Bir taniqli olim «Agar hazrat Navoiy buyuk shoir, alloma, avliyo bo’lmay, boshqa har qanday soha bilan shug’ullanganida ham uning eng yuksak cho’qqisini zabt etishi aniq edi», deb yozgandi. Darhaqiqat, ulug’ bobomiz dahosi har qanday savolimizga javob topishimizga imkon beradi.

Shu ma’noda, akademik Abdulla A’zamning mazkur risolasida Navoiy ijodi va qarashlarining yangi qirralari kashf etilib, tadqiq qilinishi alohida e’tiborga molikdir. Undan o’quvchi o’zining Inson va Olam haqidagi azaliy savollariga qanoatlanarli javob topishiga ishonamiz.

Aziz kitobxon! Sizga maroqli mutolaa va yangi kashflar tilab qolamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Навоий-30»

Азим пойтахт Тошкентнинг қоқ марказида жойлашган Навоий кўчасидаги ёнбошига «30» рақами зарб этилган бу муҳташам иморат ушбу китоб қаҳрамонидир.

Эҳтимол, сиз, ҳеч замонда бино ҳам бадиий асар қаҳрамони бўли ши мумкинми, деб сўрарсиз.

Лекин Санъат номли оқсоч момо қалъалар ва қўрғонлар, сарой ва қасрлар, масжиду мадрасалар, бутхонаю калисолар ҳақида оташин ҳарорат ва маҳорат билан битилган қанчадан-қанча гўзал асарларга доя бўлгани тарихдан яхши маълум. Лоақал «Биби Марям ибодатхо наси», «Садди Искандарий», «Иф қалъасининг маҳбуси», «Арбат бола-лари», «Дарё бўйидаги уй» каби асарларни эслаш кифоя.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Besh qavatli uyning oltinchi qavati: roman»

Roman

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Кумуш ҳислар«

Шеърлар

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«ХАМСА»

Брошюрада Навоийнинг қалб қўри билан яратилган идеал қаҳрамонлар – Фарҳод ва Мажнун, «ҳам суврати, ҳам сийрати» гўзал бўлган Ширин, Лайли, Меҳинбону ҳамда бошқа эсда қоларли ёрқин образларни яратишдаги бадиий жилолар, характер талқинлари ҳақида ҳикоя қилинади.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Азиз китобхон!

Андижон азалдан истеъдодларга бой. Заҳириддин Муҳаммад Бобур, Нодираю Чўлпонлар юрти бўлмиш бу заминда ҳозирда яшаб, баракали ижод қилаётган қалам соҳиблари ҳаёти ва ижоди намуналаридан тузилган ушбу баёз сизларга манзур бўлади дея умид қиламиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Илоҳийнома«

достон. Тошкент:2022. – 496 б.

«Илоҳийнома» Шайх Фаридуддин Атторнинг шоҳ асари. Уни «Ирфоний адабиётнинг дурдонаси» деб аташади. Китобда Оллоҳ ва банда ўртасидаги муносабатлар, инсоннинг илоҳий бурчи ва масъулияти, комиллик шарафи ва машаққати каби масалалар ғоят баланд пардаларда талқин ва тараннум этилади. Асардан жой олган «Покиза аёл садоқати», «Робиа ва Бектош муҳаббати» достонлари севги, садоқатнинг гўзал тимсоли, мардлик, матонатнинг абадий қўшиғи бўлиб жаранглайди.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Йўлдан топганларим«

Т. 2017.324 б.

Таникли шоир Раззоқ Абдурашиднинг «Йўлдан топганларим» ки тобига ҳали чоп этилмаган янги шеърлари билан бирга кўп йиллик ижодий фаолияти давомида китобдан-китобга ўтиб келган битиклари ҳам жамланди.

Сайланмани варакласангиз, ижод довонларидан матонат билан ўтган шоир ҳаётнинг турли қатламларидан ҳикмат излашга уринганини, ўз қалбини таъсирлантирган умр лавҳаларини бошкалар билан баҳам кўришга жазм этганини кузатасиз. Оқсоқол шоирнинг китобхон билан янги мулоқоти хайрли бўлишини тилаб қоламиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Тошкент: 2019. 304 б.

Энциклопедик типдаги мазкур мажмуада илмий, ижодий, коммуникатив мақсадларни кўзлаб ёзилган асарлар, тўпланган ноёб материаллар алифбо талаб этган тартибда жойлаштирилмаган. Ўрганиш мақсад қилинган объектнинг синтетик табиати, айниқса, Абдулла Қодирий яратган насрий асарларнинг поэтикаси ўзга санъатлар, жумладан, санойи нафисанинг эстетик кўринишларига ҳамда унинг назарий ва амалий босқичларига босқичма-босқич таъсир этиши энциклопедияни хронологик тартибда тузишни тақозо этди. Бундан илмий мақолалар истисно.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Бобурнинг Олмоси

Тошкент: 019. 272 б.

Ушбу китоб Эронда туғилиб, Техрон, Оксфорд ва АҚШ университетларида таҳсил олган, Эрон шоҳининг Тунисдаги охирги элчиси, таникли тарихнавис Ирож Аминий қаламига мансуб бўлиб, унда киммати бутун дунё аҳолисини икки ярим кун давомида боқишга етадиган афсонавий олмос, тўрт мамлакат: Ҳиндистон, Афғонистон, Эрон ва Англия тарихида сезиларли ва мураккаб из қолдирган «Кўҳинур» («Тоғ ёғдуси») номи билан оламга машҳур кимматбаҳо тош ҳакида ҳикоя қилинади.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Кимга осон?!

Тошкент. 2020. – 56 6.

Бу дунёда ҳеч кимга осон эмас. Биз ҳавас билан қарайдиган инсонлар ҳам не-не машаққатлар чекканини ўзлари билишади. Қолаверса, бирор ютуққа осонликча эришиш дунё тажрибасида кўрилмаган. Шундай экан, атрофдаги ғаразгўйлару оёқдан чалувчиларга эътибор бермасдан, янги марралар сари интилиб яшаш керак.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ёзувчи учун атир«

Тошкент. 2022. 3446

Атоқли адиб Неъмат Арслон адабиётимизда ўз сўзига, ўз ўрнига эга ижодкорлардан биридир. Ушбу тўпламдан ёзувчининг қатор сара ҳикоялари жой олди. Улар бадиий пухталиги, мазмунан теранлиги билан ажралиб туради. Адибнинг ўзига хос фалсафаси, тиниқ, жонли тасвирлари ўқувчиларни бефарқ қолдирмайди.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Мухаббат қиссалари»

Сени айбламайман, қандай бўлсанг, шун дайлигингча яхши кўраман, жўшқинлигинг ҳам, унутувчанлигинг ҳам, ошиқлигинг ҳам, бевафолигинг ҳам менга ёқади, ҳамиша қандай бўлган бўлсанг, шундайлигингча яхши кўраман….

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

САЙЛАНМА

УЧИНЧИ ЖИЛД

ҲИКОЯЛАР КОМЕДИЯ МИНИАТЮРАЛАР АДАБИЙ ЎЙЛАР

ТОШКЕНТ ҒАФУР ҒУЛОМ НОМИДАГИ АДАБИЁТ ВА САНЪАТ НАШРИЁТИ 1982

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Қолдирма, она!

Қисса.

Андижон: 2019. – 176 бет.

Ёзувчи ўз асарида асосий қаҳрамон Ильяснинг руҳий олами орқали бугунги жамиятни ўғил-қизларимизга, барча инсониятга рўйи-рост очиб кўрсатишни ният қилган. Ушбу асарни ўқиган ҳар бир бола ҳаёт сабоқларидан таълим олади, ота-онасиз ҳаётни тасаввур этиб, уларнинг ҳаётлигида қадрига етиш зарурлиги ҳақида хулоса чиқаради. Ҳаёт сўқмоқларида учрайдиган турли қийинчиликларни енгиб ўтиш учун сабр, ирода зарурлигини тушуниб етади. Фақат бугина эмас, ота-оналар ҳам болаларининг чексиз мехрига зор бўлишларини тушуниб етадилар. Бу асар болалар билан ўспиринларга ва барча китобхонларга бағишланади.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tanlangan asarlar»

O’zbеk jadid adabiyotining asoschisi, Turkiston jadidchilik harakatining rahnamosi bo’lmish Mahmudxo’ja Behbudiyning ushbu «Tanlangan asarlariga uning «Padarkush» piesasi, Sharq mamlakatlari bo’ylab qilgan safar xotiralari, maorif va madaniyatimizning xilma-xil muammolariga bag’ishlangan maqolalari hamda uning o’limi munosabati bilan zamondoshlari tomonidan yaratilgan marsiyalar kiritildi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Кўҳинур«

БОБУРНИНГ ОЛМОСИ

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Баҳоуддин Нақшбанд ёки етти пир»

Китоб 1993 йилда илк бор нашр қилинди. Муаллиф ушбу китобини 2009 йилда янги маълумотлар билан тўлдириб, чоп эттирди. Қўлингиздаги мазкур китоб эса Садриддин Салим Бухорийнинг хожагон-нақшбандия тариқатига оид бошқа асарларидан олинган янги маълумотлардан фойдаланиб тўлдирилди ва қайта нашрга тайёрланди.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Har kimki vafo qilsa»

Toshkent: 2018. 160

O’zbek xalqi koʻplab buyuk daholarga beshik tebratgan millat. O’zbekning asl farzandi, shoh va shoir, zukko olim Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday daholardan biridir. U nafaqat o’z diyorimizda, balki butun dunyoga ham ma’lum-u mashhurdir. Bobur tadbirkor podshoh, mohir sarkarda sifatida Boburiylar sulolasiga asos solgan bo’lsa, iste’dodli shoir, adib sifatida adabiyot xazinasini o’zining o’lmas va sara asarlari bilan boyitdi. Bizgacha uning «Boburnoma»dan tashqari juda ko’p g’azal, ruboiy, qit’a va fardlari yetib kelgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Соғинч»

Тошкент: 2019. 240 б.

Ушбу китоб ўтган асрнинг атоқли шоирларидан бири Амонуллохон Боқир қаламига мансуб шеърлардан ташкил топган. Шоир арузда ҳам, бармоқда ҳам энг талабчан адабиёт мухлислари дидига ҳам мос келадиган ажойиб назм намуналарини яратган, ҳар бир сатрининг пишиқ-пухта ва чуқур мазмунга эга бўлиши учун ҳаракат қилган. Китоб адабиётга ошно кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Имиж»

Тошкент. 2020. -232 6.

Мазкур китоб 2017 йилда нашр этилган «Шахс имижи» рисоласининг иккинчи, қайта ишланган ва тўлдирилган шаклидир. Биринчи нашр китобхонлар назарига тушиб, илиқ фикрлар билдирилди. Шу боис китоб қайта ишланиб, эътиборингизга ҳавола қилинмоқда.

Ушбу рисола ўз қиёфасига бошқалар нигоҳи билан қарашни хоҳлаган ва имиж яратиш истагида бўлган барча китобхонларга мўлжалланган. Имиж инсонни жамиятга тақдим этадиган ва ўзгаларга таъсир ўтказишга хизмат қиладиган восита таъсир технологиясидир. Сиз уни аслингизга мос, гўзалликка монанд бир тарзда шакллантира олсангиз, ҳар қандай мақсадга эришишда имижингиздан самарали фойдаланиш имконига эга бўласиз. Чунки одамлар аслиятингизга қараб эмас, улар тасаввурида яратган қиёфангизга қараб сизга баҳо беришади. Жозибадор имиж яратиш мақсадида бўлсангиз, ҳаёт тарзингизни, феъл-атворингизни, хулқингизни ва муомалангизни «кўзгу»га солиб, аслиятингизни гўзаллаштиришга жазм қиласиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Уташан еттинчи тонг«

Роман Т.2021. – 604 бет.

Уташан қишлоғига фронтдан келаётган хат-хабарларни тарқатиб юрган ўспирин ўшандаги оғриқу изтиробларни кейинчалик ҳам бир умр унута олмайди. Мазкур асар мутолааси шу туфайли Сизни инсон хаётининг чигал сўқмоқлари борасида чуқур мулоҳаза юритишга ундайди.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Титраётган тоғ«

Тошкент: 2018. – 272 б.

Ёзувчи Луқмон Бўрихоннинг «Титраётган тог» романида давримиз нафаси якқол ҳис қилинади. Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йўлида мехнат қилаётган фидойи ва бунёдкор замондошларимиз ҳақида адиб ўзига хос жозибали, ширали тилда ҳикоя қилади. Уларнинг ёрқин, ранг-баранг образларини яратади. Роман қаҳрамонлари Дилшодбек ва Гулсахарнинг пок, самимий севгиси кўнгилларни беихтиёр жунбишга келтиради. Китобхон бу ёшлар тақдирига бефарқ қолмайди, уларга хайрихохлик билан карайди.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qaro zulfung firoqida«

G’azallar, ruboiylar, tuyuqlar, to’rtliklar. Toshkent: 2019. 120 bet.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Булоқлар Кўз очганда

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси қошидаги «Онажоним шеърият» тўгарагининг фаол аъзолари, Уюшма томонидан анъанавий тарзда ўтказиб келинаётган Зомин семинари қатнаш чилари, қисқаси, Ёзувчилар уюшмаси атрофида жамланган кўпсонли ёш ижодкорлар орасида умидли, истеъдодлилари талайгина. Уларнинг ёзганларидан саралаб олинган ушбу шеърий гулдаста Сизга маъқул келади, деб ўйлаймиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Қизил тошбўрон«

Т.2022.- 544 6.

«Қатлнома» асари орқали китобхонлар қалбидан жой олган ёзувчи ва публицист Набижон Боқийнинг мазкур асари ХХ аср жамоатчилигида турли қарашлар уйғотган, фидокор жадидлар ҳаракати намояндалари сафида ўз ўрнига эга бўлган шахс Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий ҳаётини қамраб олган салмоқли ҳужжатли роман ҳисобланади.

Ҳамзанинг 1889 йилдан 1929 йилгача давом этган 40 йиллик ҳаётидан ҳикоя қилади. Таржимаи ҳолидан тортиб, ижодий фаолияти, сиёсий қарашлари ва йиллар давомида кўп сонли китобхонларни катта сўроққа рўбарў қилган қатл сабаблари барчаси мазкур «Қизил тошбўрон» остида яширинган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Хайрат остонаси»

Абулмаоний – Маънолар отаси номи билан шуҳрат қозонган Мирзо Абдулқодир Бедил Шарқ адабиётидаги забардаст сўз санъаткорларидан бири ҳисобланади. Ушбу тўплам мутафаккир шоирнинг F. Ғулом, Н. Саидий, Ш. Шомуҳамедов, Э. Воҳидов, Ж. Камол, М. Абдулҳаким, Э. Очиловлар таржимасидаги шаклан гўзал, мазмунан теран ва бадиий юксак ғазал ҳамда рубоийларидан дасталанди: Оламнинг моҳияти ва инсон умрининг мазмунидан кенг баҳс этувчи бу шеърлар мумтоз шеърият дурдоналари мағзини чақишга ташна юксак дидли ўқувчиларга муносиб туҳфа бўлади, деб ўйлаймиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Boburnoma»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Беш сўмлик кеккайиш«

Тошкент: 2013. – 88 6.

Ҳазил-мутойиба билан ўтган умр янада сермазмун бўлади, дейишади. Шу сабабли сатира ва юморни севиб мутолаа қилишади.

Муаллифнинг бу тўпламга кирган ҳаётий ҳажвиялари, сатирик шеърлари, таржималари кейинги пайтларда камёб бўлиб бораётган айрим юмористик жанрлар бўшлиғини тўлдирибгина қолмай, балки ўзининг долзарблиги билан кулгисевар ўқувчиларда илиқ таассурот қолдиради, деб ўйлаймиз.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«O’zbegim»

T 2019.400 b.

«Kamolot kutubxonasi ruknida nashrga tayyorlangan navbatdagi kitobimiz o’zbek adabiyotining zabardast vakili, O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning she’r, doston, hajviya, muxammas va tarjimalaridan tarkib topdi. Nashriyotimiz tomonidan shoirning «Zamin sayyorasi» hamda «Sharqiy qirg’oq nomli she’riy to’plamlari o’quvchilar e’tiboriga havola etilgach, ko’p sonli she’riyat ixlosmandlari shoirning yirik hajmli ijodiy merosi jamlangan to’plamni chop etishimizni so’rab murojaat qilishdi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Қалб садоқати»

T.: 2018 – 384 б.

Эл ичида яшаб, элнинг ҳаёти, курашлари, шодлик ва кайғуларидан четда туриш мумкин эмас. Жамият ҳаётининг мавжуд долғалари ҳамма замонларда ҳам шеърият аҳли юрагида акс этган.

«Қалб садоқати» китобига Ватан Истиклолигача бўлган йил-ларда битилган, шоир юрагининг изтиробларини, орзу-умидларини акс эттирувчи мулоҳазалар, баҳслар, адабий ўйлар киритилди. Бу рисолаларда сиз эрксизликка қарши исённи ҳам, элу юрт мехрини, ёруғ келажакка ишонч ҳисларини, озодлик маслагига садоқат туйгуларини ҳам сезишингиз, жамиятимиз босиб ўтган йўлларнинг осон бўлмаганини ҳис қилишингиз мумкин.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Инсон«

Ушбу сайланмага Ўзбекистон Қаҳрамони Эркин Воҳидовнинг турли йилларда яратган дилбар шеърларининг энг саралари жамланган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«O’zbegim»

T.2020-y 400 b.

Ushbu to’plam oʻzbek adabiyotining zabardast vakili, O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning she’r, doston, hajviya, muxammas va tarjimalaridan tarkib topdi.

Erkin Vohidov qalamiga mansub bir asarning she’rlarini saralashga hojat yo’q: qaysi satrini o’qimang, kitobga kiritgingiz, mutolaaga kirishgan o’quvchiga xoh katta yoshli, xoh bugungi davr farzandi bo’lsin, shoir ijodini taqdim etgingiz, she’rlar zamiridagi faqat so’z san’atkorigagina xos bo’lgan haqiqatlardan boxabar etgingiz keladi. O’zbegim nomi bilan nashr etilayotgan ushbu she’riy to’plam ham adabiyot ixlosmandlariga manzur bo’lishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Менинг юлдузим«

Шеърлар

Т. 2018. 144 бет.

Ушбу сайланмада Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидовнинг турли йилларда яратилган дилбар шеърларининг энг саралари жамланган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Севги шундай навбахорки«

Шеърлар

Т. 2018. 144 б.

Ушбу сайланмада Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов қаламига мансуб инсон қалбининг энг инжа туйгуси муҳаббат тараннуми ҳақидаги шеърлар жамланган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«RUHLAR ISYONI«

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Nido»

doston

Toshkent: 2019-112 bet.

Erkin Vohidovning she’rlarini dilbar, g’azallarini nafis, dostonlarini teran qilgan omillardan biri uning xalq dilidagi gapni aytishidadir. Shoirning she’r va dostonlardan tuzulgan bu majmuosi ham kitobhon yuragida ajoyib tuyg’ular uyg’otadi degan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Васиятнома«

Ушбу васиятнома китобчаси барча ёшдаги инсонларга мўлжалланган бўлиб, кексаларнинг панду насиҳат ва кўрсатмалари асосида нашрга тайёрланди ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ruhlar isyoni«

T. 2019-80 bet.

Shoir Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostini xalqparvar bengal shoiri Nazrul Islom hayotiga bag’ishlanadi. Nazrul Islom she’riyati yigirmanchi asrning erkparvarlik, insonparvarlik g’oyalari bilan to’liq. Nazrul Islom do’stlik va hurriyatni yonib kuyladi.

Doston Nazrul Islomning fojeali qismatini yorqin gavdalantiradi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Рухлар исёни«

Шоир Эркин Воҳидовнинг «рухлар исёни» достони халқпарвар бенгал шоири Назрул Ислом ҳаётига бағишланади. Назрул Ислом шеърияти йигирманчи асирнинг эркпарварлик, инсонпарварлик ғояларини ёритиб, дўстлик ва ҳурриятни ёниб куйлайди.

Достон Назрул Исломнинг фожияли қисматини ёрқин гавдалантиради.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Бобурнома

«Бобурнома ўзбек намунавий адабиётидаги бебаҳо асарлардан. Унда Ўрта Осиё, Афғонистон, Ҳиндистон ва Эрон халклари тарихи, жуғрофиясига оид қимматли маълумотлар бор. Ўша давр ўзбек адабий тилининг ёрқин намунаси эканлиги эса янада муҳимроқдир.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Бобурнома

Т.: 1989-368 6.

«Бобурнома» ўабек намунавий адабиётидаги бебаҳо асарлардан. Унда Ўрта Осиё, Афгонистон, Ҳиндистон ва Эрон халқлари тарихи, жуғрофиленга оид кимматли маълумотлар бор. Ўша давр ўзбек адабий тилининг ёрқин намунаси эканлиги эса янада муҳимроқдир.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Boburnoma«

T. 2015.704 b.

«Boburnoma» o’zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o’rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi. Unda O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jugʻrofiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar o’rin egallagan. Asarning o’sha davr oʻzbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Boburnoma«

T.: 2019. – 576 b.

«Boburnoma» – o’zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o’rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi. Unda Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug’rofiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar o’rin egallagan. Asarning o’sha davr oʻzbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Абдусалом Исавов.

«Яшаш сирлари«

Инвентар: 1639

Бўлим: 84

Бўлим: И 35

Алифбо: Крил

Кутубхонада мавжуд: 1

Тошкент, 2016. 64 бет.

Абдусалом ака Исақов бой ҳаётий тажрибасига суяниб, манбаларни чуқур ўрганиб қалам тебратади. Юртимизнинг тинчлик-осойишталиги, инсонларнинг маънавий дунёқарашлари ҳамда ёшлар тарбияси беҳаловат қалб эгаси ижодкорни ҳамиша изланишга, ижод қилишга ундайди. Муаллифнинг эътиборингизга ҳавола этилаётган ушбу «Яшаш сирлари» номли китоби китобхонга навбатдаги туҳфасидир.

Ушбу бадиий китобни Андижон давлат пэдагогика институти, Ахборот – рэсурс марказидан олиб ўқишингиз мумкин!

Маҳмуд ИБО

«ИНСОН – ГАВҲАРИ АЗИЗ«

(Ҳужжатли қисса, очерк ва ҳикоялар)

Инвентар: 251

Бўлим: 84(5y)

Бўлим: И 13

Алифбо: Крил

Кутубхонада мавжуд: 2

Ушбу бадиий китобни Андижон давлат пэдагогика институти, Ахборот – рэсурс марказидан олиб ўқишингиз мумкин!

Нуриддин Исмоилов

«Шаҳзода«

Тарихий қисса

Инвентар: 1539

Бўлим: 84

Бўлим: И 11

Алифбо: Крил

Кутубхонада мавжуд: 1

Т. Янги аср авлоди, 2010. – 296 б.

Ушбу бадиий китобни Андижон давлат пэдагогика институти, Ахборот – рэсурс марказидан олиб ўқишингиз мумкин!

«Qizlar daftariga»

Axloq-odob mavzuida suhbatlar

Toshkent: 2019. – 184 b.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oilaviy qadriyatlarni singdirishda keksa otaxon va onaxonlarimizning o’rni bo’lakcha. «Qari bilganini pari bilmas» degan naql bilan boshlanuvchi mazkur asarda ulkan hayotiy tajribaga ega bo’lgan onaxon va o’smir qizlar o’rtasida odob-axloq mavzuidagi suhbatlar mohirona ifoda etilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Odamiylik qissasi«

«Farg’ona tong otguncha», «Bizning roman», «O’zingdan ko’r» asarlarining muallifi, jahon adabiyotining yuzdan ortiq sara asarlari tarjimoni atoqli adib Mirzakalon Ismoiliy ijodining ma’lum qismi ma’rifiy mavzuga bag’ishlangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Ибрат Исҳоқхон Тўра

«Ибрат«

Инвентар: 250

Бўлим: 84(54)1

Бўлим: И 14

Алифбо: Крил

Кутубхонада мавжуд: 1

Масъу муҳаррир: Бегали Қосимов. – Т.: «Маънавият», 2005Ю 200 б.

Исҳоқхон тўра Ибрат шоир, тарихнавис, тилшунос ва исломшунос сифатида ўзидан бой мерос қолдирган. Хатнинг ўн етти турида қалам юргизган моҳир хаттот, ўз номида «Матбааи Исҳоқия»ни ташкил этган биринчи ўзбек ноширларидан эди.

Ушбу бадиий китобни Андижон давлат пэдагогика институти, Ахборот – рэсурс марказидан олиб ўқишингиз мумкин!

«Qiyomatga qolmagan qasos yoxud qabrdan chiqqan qul»

Tarixiy detektiv tetralogiya.

Birinchi kitob.

Toshkеnt: 2023, 396 b.

Yozuvchi Soyim Isxoq qalamiga mansub ushbu romanda Buxoro amiri Nasrullo hukmronligi davri qalamga olingan. Unda zulm va adolatsizlik haddan oshgan jamiyatda ham yaxshilik, adolat, imon va insofni unutmagan insonlar yashaganiga, yaxshiliklar sohibi Yaratuvchi qudratning razbatlariyu marhamatlariga sazovor bo’lishi, yomonliklarning esa albatta jazoga mustahiqligiga ishora qilinadi.

Shuningdek, hayotda yaxshilar, adolatpeshalar, insofli-diyonatli odamlar hamisha g’olib bo’ladi va to’g’rilik, halollik galaba qozonadi. Yozuvchi mana shu haqiqatni o’quvchiga singdirish niyatida qalam tebratgan va bunga erisha olgan.

Ushbu tetralogiya 4 qismdan iborat.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ko’ngil»

Namangan 2011. 62.b

Odob-axloq va tarbiya. Insoniyat paydo bo’libdiki, bu tushunchalar birinchi darajali ahamiyat kasb etib kеlgan. Ushbu to’plamdan ana shu mavzudagi lavha, qatra va hikoyatlar joy olgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Xaloskor»

Tarixiy qissa

Namangan 2015. 52 bet.

Ushbu tarixiy qissada bundan ikki ming yil avval bo’lib o’tgan voqealar tasvirlangan. Qadimgi Xitoy, ya’ni Xan sulolasining Dovon mamlakatiga bostirib kelishi, ammo Dovon yurtining sadoqatli va mard o’g’lonlari, jasur qizlari tomonidan bu bosqinchilik mardonavor qaytarilganligi badiiy obrazlar vositasida o’ziga xos ifodalangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qaydasan, mo»jiza»

Qissa va hikoyalar

Toshkеnt: 2019.-352 6.

«Besh tashabbus besh kitob» loyhasining navbatdagi kitobi Abduqayum Yo’ldoshеv asarlaridan tartib berildi. To’plamga yigirmadan ortiq hikoya va bir qissa jamlangan.

To’plamdagi deyarli har bir asarda kompyuter texnologiyalarining yaxshi tomonlari va unga mukkasidan ketishning salbiy oqibatlari ham ta’sirli tarzda tasvirlangan.

To’plam dunyo ilm-faniga, madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning avlodlari bugunning yoshlari haqidagi ekanligi bilan ham ahamiyatli.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ilon bilan olishgan odam»

Hikoyalar.

Andijon 2010. 111 b.

Mazkur kitobda muallim ijodkorning turli yillarda yozgan rang-barang mavzulardagi hikoyalari o’rin olgan. Sodda, ravon til bilan yozilgan hikoyalarda har qanday ko’rinishdagi qabohat va razolat insonni oxir-oqibat tanazzulga olib borishi, yaxshilik, iymon-e’tiqodlilik, ezgu amallar esa kishini Yuksak martabalarga, yaratganning ajru savoblariga yetkazishi hayotiy voqealar misolida tasvirlanadi. Hikoyalar qiziqarliligi, hayotiyligi, qolaversa, tarbiyaviy ahamiyati bilan kitobxonlarga manzur bo’ladi, deb umid qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Armonlarga to’ldirma dunyo»

She’r va g’azallar

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Atirgulga aylangan umr»

Bugun barchamizning sevimli shoiramiz, kerak bo’lganda yaqin sirdoshimiz, maslahatgo’yimizga aylangan adiba Tursunoy Sodiqovaning hayot va ijod yo’lidan hikoya qiluvchi ushbu kitob «Atirgulga aylangangan umr» deb nomlandi. Kitobning nomidan ham ko’rinib turibdiki, nihoyatda nuktadon, so’zlarning sarasini saralab, otash nafas bilan ko’ngillarimizga tashrif aylaydigan Tursunoy opaning hayoti ham, ijod yo’li ham saboqlarga boy.

Adibaning bugungi darajaga yetguncha bosib o’tgan Dovonlaridan so’z yuritilgan ushbu kitob barcha muxlis va ixlosmandlarga ajib tuhfa bo’ladi degan umiddamiz.

Kitob kitobxonlarning keng ommasiga mo’ljallangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sharaf yo’li»

Biografik roman, qissa

Toshkent: 2023.-304 b.

Tog’ning yuksakligi masofadan yaqqolroq ko’zga tashlanadi, deyishadi. Yillar o’tgan sayin biz ham xalqimizning ulug’ farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning el-yurtimiz uchun qanchalar fidoyi rahbar, betakror va benazir Shaxs bo’lganini teranroq his etib, anglamoqdamiz. «Sharaf yo’li» romanida sho’ro davridagi murakkab sharoitda respublikani deyarli chorak asr sharaf bilan boshqargan, doimo el-yurt manfaatini o’ylab yashagan, xalqning asl ehtirom-e’zoziga sazovor bo’lgan yetakchining dolg’ali kechmishi va jo’shqin faoliyati yoritilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Chahoryorlar»
Toshkеnt: 2023. 96 b.

Islom olamida to’rt buyuk sahoba chahoryorlarning tarixiga qizikish, ularning qanday inson bo’lganliklari, xulq-atvorlari, axloqi, fazilatlari haqida bilishga intilish bois ular haqidagi rivoyatlar tildan tilga o’tib kelgan. Sharqshunos olim Abdusodik Irisov muallifligidagi mazkur risolada mo’minlar sevgan ana shu to’rt siymo hayoti haqida hikoya qilinadi. Islomning go’zal axloqini o’zida aks ettirgan shaxslar siyratini anglash siz aziz o’quvchilarga ma’naviy-ruhiy quvvat baxsh etadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yangilanishlar manguligi»

Muallif – Ezgu an’anaga aylanib ulgurgan «Birinchi kitobim» loyihasi doirasida bu yil ham badiiy adabiyotning turli yo’nalishlarida ijod qilib kelayotgan iste’dodli yoshlarning ilk kitoblari nashrga tayyorlandi. Ahamiyatli tomoni shundaki, bu ijodkorlar «Do’rmon» ijod uyida oʻtkazilgan se minarlarda tanlab-saralab olindi, qo’lyozmalar o’sha joyning oʻzida – ustoz va shogirdlik an’anasi asosida qiyomiga yetkazildi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Salohiddin Isomiddinov

«Ulug’lar vasfi»

T 2022. 199 b

Aziz kitobxon, qo’lingizdagi kitob taniqli jurnalist, adib, O’zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Salohiddin Isomiddinovning navbatdagi tuhfasidir. Ikki qismdan iborat ushbu risola Kitob shahri, uning yaqinidagi qadimiy Xoja Imkana, hozirgi Xo’jailmkoni qishlog’ining ibratli tarixi, bu manzillardagi bashariy kashfiyotlar, mе’moriy obida va fayzli ziyoratgohlar, u yerlarda yetishgan aziz siymolar Mavlono Muhammad Darvesh, Hazrati Xojagi Imkanagiy, Abulqosim Imkagangiy, Shayx Mirzo Kamol Oxundlarning ma’naviy hollari va kashfu karomatlari haqida so’zlaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Nomalum nomalarim»

T 2022. 387 b.

So’zda sehr, she’rda esa hikmat bor, deyishadi. Demak, so’z mo»jiza. Bu mo»jiza she’riyatda yanada yorqinroq namoyon bo’ladi. She’rda so’z va ko’ngil mo»jizasi birlashadi. Shu bois odamzot ming yillar mobaynida she’rga intiladi, yoriladi, qalbini ochadi. Ikrom Iskandar so’z mo»jizasini nozik his etadigan teran shoir. O’ylaymizki, shoirning mo»jiza bilan limmo-lim olami qalbingizga yorug’lik bag’ishlaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Talabaning odoblari»

T.2022. – 144 b.

Ko’lingizdagi ushbu mo»jazgina kitob buyuk mutafakkirlar to’plagan hikmat bulog’laridan sarchashma bo’lib, undan tolibi ilmlar uchun ta’lim yo’lida rag’bat uyg’otuvchi oyati karimalaru hadisi shariflar va yana Islom ulamolarining tavsiyalari o’rin olgan. Asarni o’qigan har bir inson jamiyat rivojining asosi bo’lgan ilm sari talpinishiga shubhamiz yo’q.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ona laylak parvozi»

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Zomin seminari ishtirokchilari orasida umidli, iste’dodli yosh ijodkorlar talaygina. Ana shunday yoshlar o’rtasida o’z ijodi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor boʻlib, Uyushmaning «Birinchi kitobim» loyihasiga tavsiya etilganlari bor. Ularning ijodiy ishlarini katta umidlar bilan hukmingizga havola etmoqdamiz.

Kitob orqali yosh muallifning ko’ngil bitiklarini o’qib ko’rib, uning ijod bulog’idan bahramand bo’lishingizni istaymiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Gulhaniyning «Zarbul masal»asari»

Kitob Gulxaniy adabiy merosini tekstologik asosda o’rganish yo’lidagi dastlabki urinishlar mahsulidir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ko’ngil kechinmalari»

Taniqli yozuvchi, Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspedisiya a’zosi Qamchibek Kenjaning ushbu risolasida ekspedisiyaning navbatdagi safari chog’ida Makkan mukarrama, Madinai munavvara, Jiddai muborak shaharlarida, haj amallarini o’tash jarayonida ko’rgan-kechirganlari qalamga olingan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Muhabbat, sen chiroylisan»

she’rlar

Toshkent: 2019, 312 b.

Go’zallik ko’ngildan suv ichadi, deyishadi. Zero, u kishi ruhini tetiklashtiradi, diliga surur bag’ishlaydi. Guldek nozik ko’nglimiz har doim cheksizlikka, beg’uborlikka intilaveradi. Axir, beg’ubor-likni go’zallik, go’zallikni muhabbat ramzi, deya bejizga aytishmaganku. Muhabbat! Nimallarga qodirsan-a? Sening tashrifingdan cho’chib, mudofaaga o’tgan yuraklarni ham hayot so’qmoqlarida tentirashga majbur qilasan. So’ngra ularni yaproq misol to’kilib ketishiga yoki sog’inch sahrolarida yolg’z qolishiga mahkum etasan. Muhabbat! Nega sen orzularni armonga aylantirasan? Bir lahza bo’lsada halovat bilmaysan. Sening ehsoning boychechak umri qadar qisqa, zulming esa qishning izg’irin tunlaridek uzun, muhabbat!

Ushbu kitobda shoirlarning yurak qoni bilan bitilgan she’rlar jamlandi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ko’hna sadolar»

Toshkent: 2020. – 272 6.

Ushbu kitobdan XІX asrning ikkinchi XX asrning birinchi yarmi oralig’ida yashab ijod etgan, aksariyati keng kitobxonlar ommasiga u qadar tanish bo’lmagan 9 nafar andijonlik shoir: Manzur, Ojiz, Muntazir, Bimiy, Muhib, Pirimqori, Hofiz, Mushtoq, Mavjiyning she’rlari o’rin olgan. Ular tomonidan yaratilgan ushbu she’riyat mavzu rang-barangligi, teran mushohadalar,chuqur va boy mazmunga egaligi bilan ajralib turadi. Umid qilamizki, keng omma hukmiga havola etilayotgan ushbu to’plam barcha she’riyat muxlislariga manzur bo’ladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Saylanma»

Shoir she’riyatda o’ziga xos izlanishlar olib bordi, bu izlanishlar mening ko’z oldimda kechdi, desam bo’ladi. U ko’p o’qib o’rgandi, ijod sirlariga esh bo’ldi, ijodkor do’stlari haqida adabiy-tanqidiy maqolalar e’lon kildi, fikrlar bildirdi, bahslar kurdi. Bir karaganda bir-biriga yaqin bo’lmagan ohanglarda bemalol kalam tebratdi (masalan, sarbast va g’azal), dostonu rivoyatlar bitdi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yoshlarga dil so’zlarim»

T.: 2021.-224 6.

Shoir, tarjimon va publisist, islomiy asarlar musannifi va tarjimoni, O’zbеkiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, Xalqaro Bobur mukofoti sohibi Mirzo Kenjabеkning «Yoshlarga dil so’zlarim» risolasida Shaxs va Ijod, subut va vijdon, qalb va iymon-e’tiqod tamoyillari bilan bog’liq fikrlari samimiy bayon etilgan.

Risola barcha yosh qalamkashlar, ayniqsa, ijod maktab-larining talabalari uchun sevimli va dasturul-amal asar bo’lib qoladi, deb umid qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Jasorat»

Dunyo g’alati yaralgan. Million-million (balki milliardlab) odam faqat o’z qorni g’amida, shunchaki umr, kun o’tkazish uchun ne ko’ylarga tushmaydi. Ko’plar shuni xam eplolmaydi. Xudo yarlaqagan ba’zilar esa yuzlab, minglab kishilarning rizqlanishi, ijtimoiy foydali shaxs bo’lib etishuviga zamin yaratib beradi, davlatga, xalqqa xizmat qiladi. Mamlakatning iqtisodiy, ilmiy-madaniy rivojiga ulkan hissa qo’shadi. Qancha-qanchalar oddiy tumov uchun burnini tortib do’xtirma-do’xtir, dorixonama-dorixona izg’iydilar, kimlardir ming-minglab bemorlarning dardiga darmon bo’ladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yurak bilan so’zlashuv»

Qo’lingizdagi manzumaga shoir Halim Karimning turli yillarda yozgan she’rlari kiritilgan. Bu she’rlarda uyg’oq yurak zarblarini, oshiq ko’ngil «oh»larini, befarqlik bandlaridan ozod fuqaroning munosabatlarini tinglaysiz. Badiiy chizgi larning yorqin ranglarini kuzatasiz.

Kitob she’riyat ixlosmandlari va keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

“Yoshligim»

She’rlar

«Andijon. 2020 yil, 52 bеt.

Ushbu to’plam xo’jaobodlik iste’dodli yosh shoira Dildora Karimovaning ilk kitobidir. Bu kitobga ona-Vatan, do’stlik, tabiat va boshqa mavzularda yozilgan she’rlar kiritildi.

Aziz o’quvchi! Umidli yosh qalamkashning kitobini o’qib mulohaza yuritish sizning ixtiyoringizda.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«So’z xiyoboni»

Toshkent: 2020. – 248 b.

O’zbek tili bayrami kuniga armug’on

Mazkur kitobda adiblarning so’z ta’rifidagi fikr-mulohazalari, ularning badiiy so’z, asarlari tili to’g’risidagi adabiyotshunos, tilshunos olimlar yozgan jiddiy maqolalar jamlangan. Majmua ona til qadri, adabiy tilning taraqqiyot bosqichlarida mumtoz va zamonaviy adiblarning tarixiy xizmatlarini tasavvur qilishga yordam beradi. Yosh filolog olimlar, bo’lajak ijodkorlar, umuman badiiy so’zga befarq bo’lmagan barcha kitobxonlar uchun mazkur kitob qiziqarli bo’lishi tabiiy.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Kaftdagi nihol»

Mamlakatimizning turli hududlarida unib-o’sib kelayot gan navqiron qalamkashlar qadamiga umid bilan qarab turibmiz. Faqat ular bunday gamxo’rlikni, e’tiboru e’tirofni vaqtida anglay olsalar bo’ldi. Mana shu ishonch, mana shu rag’bat chin ijodkor uchun bitmas-tuganmas ilhom manbaidir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Mazkur «Kitobxon kundaligi» mutolaani sevuvchi barcha yoshdagi o’quvchilarga mo’ljallandi.

Kundalikdan ko’zlangan maqsad – avvalo o’quvchi nashriyot tomonidan tavsiya etilayotgan badiiy adabiyotlar bilan tanishadi. Tavsiya avvalida muallif haqida qisqa tarjimayi hol, yozuvchining mashhur asarlari, taklif etilayotgan adabiyot haqida annotatsiyalar keltirilgan. Har bir mutolaadan keyin o’quvchi mulohazasi uchun o’rinlar ham qoldirildiki, bu joy kitobxon o’z fikrlarini yozishi uchun mo’ljallandi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Komillik istagi»

(badiiy-publitsistik maqolalar)

Toshkent: 2019-y. 196 bet.

Husanning ushbu kitobdagi badiiy va publitsistik maqolalarini o’qir ekansiz, bugungi adabiy jarayonni, tengdoshlari ijodini muhabbat bilan, bezovtalik va kuyinchaklik bilan mushohada etayotgan iste’dodli ijodkorni ko’rasiz. Uning so’zlarning sirlari, darsliklarning saviyasi haqidagi maqolalarida tadqiqotchi olim nigohiga, tengdoshiga maktubi va safarnomasida shoirona qalb dardlari, zavqlariga guvoh bo’lasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Asrlarni bo’ylagan Bobur»

T.: 1997.-176 6.

Ekspedisiyaning yoshi ham istiqlolimiz yoshi bilan barobar. Yurtimizda o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizning O’qilmasdan kelinayotgan sahifalarini haqqoniy o’rganish jarayonlari boshlangan paytlarda ma’naviyat jonkuyari, ajoyib inson Zokirjon Mashrabov tashabbusi bilan tuzilgan jamg’arma va uning ilmiy ekspedi siyasi Bobur Mirzo yurgan yo’llar bo’ylab safar qilib, boburiylar haqida yangi ma’lumotlar to’pladi va ularni ilmiy istе’molga kiritdi. Kitobda ana shu haqda qiziqarli yo’sinda hikoya qilinadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qiziqarli pazandalik»

Pazandalik oziq-ovqat programmasiga bevosita bog’liq sohadir, e’tiboringizni «SSSRning 1990 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan oziq-ovqat programmasi» da aytilgan quyidagi so’zlarga tortmoqchimiz:

«Sovet kishisining ovqatlanish rasioni kaloriyaliligi jihatidan fiziologik normalarga muvofiq kеladi.

Endi partiya mamlakatning yuksalgan iqtisodiy potensialidan foydalanib aholini hamma turdagi oziq-ovqat bilan imkoni boricha qisqa muddatlarda barqaror ta’minlashni yo’lga qo’yish, sovеt kishilarining ovqatlanish strukturasini eng qimmatli mahsulotlar hisobiga ancha yaxshilash vazifasini qo’ymoqda…

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Mehribonim, qaydasan»

G’azallar, muxammaslar…

T.: 1990. -416 6.

O’zbek adabiyoti bo’stoni» seriyasining ushbu jildiga o’zbek klassik adabiyotining mashhur fidokorlaridan biri Boboraxim Mashrabning eng sara asarlari kiritildi. Bu, ijodiy yo’li murakkab shoirning gazad, mustazod, murabba’, muxammas va musaddaslarining mushtarak jihati shundaki, ularda, avvalo, inson ulug’lanadi, uning insoniy mehri, muhabbati, e’tiqod, imoni, ezgu ishlari kuylanadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Dilim daryoi nurdur»

Boborahim Mashrab o’z ijodi bilan o’zbek adabiyotida xalqchillik, ijtimoiyli va dunyoviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bid’atga qarshi kurash g’oyalarining kuchayishida, she’riyat mundarijasini kengayishi va shakllarining takomillashuvi hamda badiiyatning kamolga erishuvida katta o’rin tutgan so’z ustalaridan biridir. Mashrab faqat otashzabon ijodkor sifatidagina emas, balki ayni zamonda, adolatsizlik, zo’ravonlik, qabohat va jaholat bilan aslo kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qutilasan-a, qutilasan»

T.: 1990. -416 6.

O’zbek adabiyoti bo’stoni» seriyasining ushbu jildiga o’zbek klassik adabiyotining mashhur fidokorlaridan biri Boboraxim Mashrabning eng sara asarlari kiritildi. Bu, ijodiy yo’li murakkab shoirning gazad, mustazod, murabba’, muxammas va musaddaslarining mushtarak jihati shundaki, ularda, avvalo, inson ulug’lanadi, uning insoniy mеhri, muhabba ti, e’tiqod, imoni, ezgu ishlari kuylanadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Saylanma»

She’riy kitob

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Visoling orzusi»

She’rlar

Toshkent: 2019. – 304 b.

Ushbu kitobdan XX asr Andijon adabiy muhitining zabardast vakili, zamonasining peshqadam ulamosi, mohir xattot va tarjimon, yetuk shoir Muhammadxon Ishoq o’g’li Mahjuriyning she’r va gazallari o’rin olgan. Ulug’ salaflar yo’lining davomchisi sifatida Mahjuriy yaratgan ushbu barkamol she’riyat mavzu rang-barangligi, teran mushohadalar, go’zal tashbih va istioralarga boyligi, chuqur va boy mazmunga ega ekanligi bilan ajralib turadi. O’ylaymizki, ilk bora keng omma hukmiga havola etilayotgan ushbu to’plam barcha she’riyat muxlislariga manzur bo’ladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Rizq daraxti»

Toshkent: 2017. 288 bet.

Publisistik asar, xoh u kichik qatra, tahliliy maqola yoki badiiy esse bo’lsin, tilining jozibasi, muallif fikrining salmog’i va obrazli mushohadasi bilan o’quvchi ongiga tez yetib boradi, uni jamiyat hayotida kecha-yotgan jarayonlarni qalban idrok etishga, tegishli xulosalar chiqarishga va ijtimoiy faollikka undaydi.

Taniqli publisist Ahmadjon Meliboyevning ushbu to’plamiga jamlangan maqolalar mavzu va janr jihatidan rang-barang bo’lib, ulardagi kuyunchaklik sizning ko’nglingizda ham ma’lum mushohadalar paydo kiladi degan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Timsollar timsili»

«Ramzlar ongosti ko’ngil tubining mevasi», deydi Erix Fromm va shuning uchun ham ularni biror chet tilini o’zlashtirgan kabi o’rganishni taklif etadi. Ushbu kitob esa ramzlar tilini o’rganishdagi urinishlarning bir ko’rinishi – dunyo xalqlari madaniyati, diniy, mifologik, poetik tafakkuridan bahramand bo’lish ishtiyoqining natijasi.

Birinchi bo’limda bu tilni o’rganish jarayonida tug’ilgan fikr-xulosalar adabiy maqolalar tarzida berilgan. Turli manbalardan qidirib yig’ilgan, tarjima va tahrir qilingan, saralab, alifbo tartibida berilgan ma’lumotlar esa ikkinchi bo’limdan o’rin olgan. Uchinchi bo’limda Borxesning «Fantastik mavjudotlar kitobi» tarjimasi taqdim etilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sehrli kalit»

Hikoyalar, piesa.

Andijon 2009.

Mazkur to’plamdan muallifning hajman qisqa lekin mazmunli, boy mushohadali nasriy asarlari o’rin olgan. Ularda hayotdagi mavjud muammolar, ezgulik va qabohat, yaxshilik va yomonlik, shuningdek, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi yuksak fazilatlar, ilm sehrli kalit ekanligi xususida so’z yuritiladi.

Tushunarli, ravon, sodda til va uslubda yozilgan ushbu kitob kishilar ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirishga, ularda yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

“Hayot qayig’i»

Tanlangan asarlar

O’n oltinchi jild. Uchinchi kitob.

T.: 2019.512 b.

«Hayot qayig’i” asarining birinchi kitobida yozuvchining bolalik va o’smirlik yillaridagi hayoti, yigitlik davrida duch kelgan voqealar bayoni bilan tanishgan edingiz. «Sarob» deb nomlangan ikkinchi kitobda yozuvchining adabiyot maydoniga kirib kelgandan keyingi sarguzashtlari va ayrim asarlarning yaratilish tarixi hikoya qilingan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Najot Kemasi»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ma’suma»

Mazkur qissalarning muallifi mashhur yozuvchilardan emas. U haqda adabiyot tarixi oz ma’lumotga ega. Asari ham nima uchundir qayta-qayta nashr etilmagan. Holbuki, muhabbatning ogir sinovlari haqida hikoya qiluvchi bu qissa har qanday yosh yigit-qizning qalbini larzaga solishi aniq. Bu asarni men bundan o’ttiz olti yil muqaddam o’qigan edim. Kitobni harbiyda birga xizmat qilayotgan qofqazlik do’stlarim sovg’a qilishgan edi. Asarni tarjima qilish istagi o’shandayoq tug’ilgandi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tillafurush»

roman

Namangan.2011 yil 244 6.

«Tillafurush» romani yozuvchi Boqiy Mirzoning birinchi yirik nasriy asari sifatida «BЕGOYIM» gazetasida bosilgandan keyin muxlislari yanada ko’paydi. Sababi asar hayotiy voqealar asosiga qurilgan. Boylik tufayli ikki ayol o’rtasida paydo bo’lgan nizo va dushmanlikni tasvirlar ekan, muallif hayotiylikdan chekinmaydi, boylikka ruju qo’yish oqibatlari, inson fe’lida paydo bo’lgan salbiy o’zgarishlarni mustahkam axloqiy ma’yorlarga tayangan holda tahlil qiladi. Xulosa chiqarishni esa kitobxonning o’ziga qoldiradi. Asarni o’qib ko’rgach, o’zingiz bunga amin bo’lasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Chortoq antologiyasi»

Toshkеnt: 2019, 400 b.

Chortoq tumani o’zining ko’p sonli ijodkor ziyolilari bilan ajralib turadi.Boqiy Mirzo qalamiga mansub «Chortoq antologiyasi» nomli kitobini shu maqsadda mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga munosib javob, minnatdorchilik ramzi sifatida baholash mumkin. Umid qilamizki, ushbu antologiya kitobxonlar tomonidan iliq kutib olinadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Muhabbat chashmasi»

Saylanma. G’azallar, muxammaslar, she’rlar, doston.

Andijon 2009.

Iste’dodli adib Qobil Mirzoning «Muhabbat chashmasi» deb nomlangan mazkur saylanma kitobiga uning turli yillarda yozgan g’azallari, muxammaslari, she’rlari, shuningdek, har bir kishini mushohada qilishga chorlovchi «Qafasda tug’ilgan to’tilar» nomli dostoni kiritildi. Ularda yuksak insoniy fazilatlar, sevgi, vafo va sadoqat, Ona Vatanga muhabbat, istiqlol sururi tuyg’ulari tarannum etilgan. Kitobni mutolaa qilgan o’quvchi muallif hadya etgan nazm bo’stonining go’zal tuhfasidan zavqlanishi shubhasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yashil tuyg’ular»

Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashab ijod qilayotgan iste’dodli shoira Zumrad Masharipovaning «Yashil tuyg’ular» deb nomlangan she’rlar to’plami ham Prezidеntimizning yosh ijodkorlarga ko’rsatayotgan g’amxo’rligi samarasi, Adiblar xiyobonining chekka qishloqda ochilgan bir guli sifatida dunyoga keldi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Zamondoshlar Nigoxida»

O’zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti va Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi mukofoti laureati, Xalqaro Turkiy akademiyaning «Alisher Navoiy» oltin medali sohibi, professor Muhammad Ali 80 yoshga to’ldi. Quyidagi kitobdan adib zamondoshlarining fikr-mulohazalari jamlangan esse va maqolalar o’rin oldi. Mazkur kitobda adiblar bilan bir qatorda ko’proq turli kasb vakillari, tarixchi va jurnalistlar, iqtisodchi va o’qituvchilar, san’atkor va jurnalistlar, do’stlar va shogirdlar, xolis adabiyot muxlislarining adib hayoti va ijodi haqidagi qiziqarli maqolalarini o’qish mumkin.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Javohirnoma»

Inson shaklu shamoyilining latofati qalb va botin olamining go’zalligi bilan belgilanadi. Kishilarning bir-birlariga xolis sevgisi, marhamati, mehru oqibati ham ana shu fitrat muhabbatidan paydo bo’ladi, yuksaladi.

Asarda insoniyat ma’rifiy barkamollik rutbalari balog’at va fasohat qalami orqali tushuntirishga harakat qilingan. Muallifning shaxs va jamiyat, hodisa va mohiyat, zamon va makon o’lchovlari asosidagi teran falsafiy mushohadalari asarning yanada o’qishli bo’lishiga xizmat qilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yarador yurak»

She’rlar, manzumalar, dostonlar.

Toshkеnt: 2021.-320 6.

Shoir -ko’ngil kuychisi. She’rlari musiqa notalari kabi rang-barang va jozibador. Bu bejizga emas. Ergash Muhammad she’rlarini o’qiganda beixtiyor shu xulosaga kelasiz.

Tabiat va jamiyat o’rtasidagi uyg’unlikni anglagan ijodkorning o’ziga xos ohangi, shuningdek, kutilmagan falsafasi sizni ham she’rlariga oshno etadi. Turli mavzularni qamragan she’ru manzumalar, dostonlar sizni ham befarq qoldirmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sham va shamshir»

Roman

T.: 2021. – 496 6.

Asarda hazrat mir Alishеr Navoiyning Samarqandga ixrojlik tarixi, muazzam shahardagi hayoti va faoliyati – «xasbi xol» – tarjimai holi buyuk mutafakkirning zamondoshlari xotiralari va tarixiy hujjatlar negizida batafsil hikoya qilinadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Bir juft so’z»

she’rlar

Toshkent: 2022.

Loyiha rahbari

Bir juft so’z iborasida ko’p ma’nolar bor. Yer-osmon, suv-olov, dengiz-sahro, yaxshi-yomon, oq-qora, olis-yaqin, bor-yo’q, ota-ona, o’g’il-qiz va hokazo…

Dunyo ikki qutbning juftligidan iborat. Shoir dunyoni mukammal ko’rmoqchi bo’ladi, ezgulikning yonida yovuzlikning ham borligini ta’kidlaydi, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq zarurligini badiiy tasvirlaydi.

O’zbеkistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog’iston xalq shoiri Rustam Musurmonning «Bir juft so’z» nomli kitobida Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari badiiy mahorat bilan tarannum etiladi.

Kitobni mutolaa qilayotganingizda qanotli tovushlar timsoli ifodalangan betakror ohanglar beixtiyor diqqatingizni jalb etadi. Insof-diyonat, adolat va haqiqat, mardlik va jasorat, do’stlik va muhabbat mavzusidagi she’rlar nozik didli she’rxonlarga manzur bo’lishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qo’shiq»

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Zomin seminari ishtirokchilari orasida umidli, iste’dodli yosh ijodkorlar talaygina. Ana shunday yoshlar o’rtasida o’z ijodi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo’lib, Uyushmaning «Birinchi kitobim» loyihasiga tavsiya etilganlari bor. Ularning ijodiy ishlarini katta umidlar bilan hukmingizga havola etmoqdamiz.

Kitob orqali yosh muallifning ko’ngil bitiklarini o’qib ko’rib, uning ijod bulog’idan bahramand bo’lishingizni istaymiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Karvon yo’llari»
She’riy kitob

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Opa-singillar»

roman

Toshkent: 2023.-544 b.

Bu gulistonning bog’bonlari g’aroyib insonlar edi. Ularning sardori -bosh muharriri o’zbek adabiyotining klassigi Asqad Muxtor edi. Ulug’ inson, ulug’ adib, shafqatli murabbiy – u zoti sharif sha’niga mening ojiz bisotimdan munosib so’z topilmaydi.

Adibning «Oxirgi jadid» deya e’tirof etilishi ham bejiz emas. Davrning xavotirli mavzularini shijoat bilan yoritgan yozuvchining mazkur asari 1955-yilgi nashri asosida tayyorlandi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«»Ulug’ saltanat»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Quyosh siyrati»

she’rlar

Toshkent: 2015. 160 bet.

Mohiyatan yagona bo’lgan Ishq insonning ko’ngil olamida turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Chunonchi, butun olamga iliqlik va ezgulik bag’ishlovchi Quyoshning suvrati olov va nurdan iborat bo’lsa, uning siyratini Ishq tashkil etadi.

O’zbek va fors-tojik tillarida ijod kiluvchi zullisonayn shoir Ja’far Muhammad Termiziyning she’riyat muxlislariga armug’on etayotgan navbatdagi to’plami «Quyosh siyrati» oldingi to’plamlar ishknomalarning mantiqiy davomi bo’lib, unda shoirning turli she’riy janrlar va qoliplarda tasvirlangan ishq olamining yangi manzaralari bilan tanishasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tabiat alifbosi»

Poema, ertak va sherlar

1- kitob

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Mavlonodan qalbga malham hikmatlar» Toshkеnt: 2022.-176 6.

Mavlononing ko’ngil javohirlari va tasavvufiy hikoyalardan tarkib topgan mazkur to’plam mutolaasi qalbingizni boyitadi. Darhaqiqat, Mavlono Jaloliddin Rumiyning purma’no hikmatlari va tasavvufiy hikoyalar shunchaki o’qib ketilmaydi.

Ulardan qalbga, ruhga, jonga huzur olinadi, dunyoimizga sakinat inadi, haqiqatlar qatidan ulkan saboqlar chiqariladi.

Ko’ngilni yayratmoq, tafakkurni charxlatmoq istagingiz bo’lsa mazkur hikmatlar yordamchingiz bo’lsin. Xayrli va manfaatli mutolaa onlarini tilaymiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Bo’ladigan bolalar»

she’rlar

Toshkent: 2023. 96 b.

Bolalarning taniqli shoiri Po’lat Mo’minning ushbu saralangan to’plamida ota-onaga mehr, do’stlik, odob-axloq, mehnat va bilimdonlik, zukko bo’lishga chorlovchi she’rlar o’rin olgan.

Kichik va o’rta maktab yoshidagi aziz o’g’il-qizlar, bu qiziqarli kitob sizlarga manzur bo’ladi, degan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Tohir Malik

«Halol nima-yu… harom nima»

Bizdan nima qoladi? Albatta, yaxshilik! «Yaxshilik nima?.. Tashvishlarimizdan ortib, bir inson ko’nglini shod qila olganimizmi? Yoki bir kichik chumoliga rahm qilib, bosmay o’tganimizmi?» deydi muallif. Bilmaganlaringiz dunyo qadar ekanligini anglasangiz ham ajab emas. Qanday yashayotganingizga ziyrak ko’z bilan qaray boshlaysiz. Kimni aldadingiz, g’iybat qildingiz, kimlarga ozor berdingiz… hamma-hammasi yodingizga kela boshlaydi. Shoyad, mardlik, olijanoblik fazilatlaringiz ortsa, odamlar qadriga yetsangiz… Zotan, mazkur kitob muallifi, xalqimizning sevimli yozuvchisi Tohir Malikning ham muddaosi shu.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Rizk daraxti»

A. Meliboyev.

Toshkеnt: 2017. 288 bet.

Publisistik asar, xoh u kichik qatra, tahliliy maqola yoki badiiy esse bo’lsin, tilining jozibasi, muallif fikrining salmog’i va obrazli mushohadasi bilan o’quvchi ongiga tez yetib boradi, uni jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlarni qalban idrok etishga, tergishli xulosalar chiqarishga va ijtimoiy faollikka undaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Seni bugun ko’rmasam bo’lmas»

Toshkеnt: 2018, – 284 6.

Ushbu to’plamga O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning elga manzur bo’lgan muhabbat qo’shiqlari va yangi shе’rlari jamlandi. Ularni o’qirkansiz, ko’nglingizda qadrdon tuyg’ular yana bahor gullaridek iforlar sochishiga, samimiy, o’ynoqi, kuyma satrlar qulfi dilingizni ochishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Bolalar va o’smirlik ko’chalari»

Aziz o’quvchilar! Sir emas, bugungi kunda aksariyat kattalar kirill, bolalar esa lotin imlosida badiiy asarlar o’qiydilar. Shularni hisobga olib, Sizlarga ajoyib va g’aroyib bitta asarni bitta muqovada, ikki imloda taqdim etyapmiz. Niyat – kitob jim turmay qo’lma-qo’l bo’lib, xizmatingizda bo’lsin. Bu uslubning qulayliklari ko’p. Avvalo, kattalar yosh bolalarga kitobni o’qib berishlari mumkin. Yana imlolarni bir-biriga qiyoslab savodxonlikni ham oshirsa bo’ladi. Xullas, nashriyotimiz Sizning xizmatingizda.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tarbiyachining oltin kaliti»

Ushbu risolada o’zidan boshqani o’zgartirish uchun harakat qilish, behuda urinish baxtsizlik uchun qo’yilgan ilk qadam ekanligi bayon etiladi. Inson baxtli bo’lishi uchun, avvalo, o’zini, ya’ni fikrini o’zgartirishi lozim. Shundagina u boshqalarni o’zgartira oladi, o’zini baxtli qilish orqali atrofidagilarning saodatli bo’lishiga hissa qo’shadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Men sizni sog’indim onajon»

Toshkent: 2023. – 192 b.

Eng yaxshi she’rlar turkumidagi navbatdagi kitobimiz aziz va mo’tabar onajonlarimizga bag’ishlanadi. O’zbek adabiyotining zabardast shoirlari, davrimizning sevimli ijodkorlari qalamiga mansub bo’lgan onalarimizga bag’ishlangan eng yaxshi she’rlar baholi qudrat jamlandi.

Toʻplam mutolaasi o’quvchini bir dam sergaklantiradi: bolalik va yoshlik xotiralari kitobxon ko’z oldida bor bo’y-basti bilan namoyon boʻladi. Olis orzular va armonlar kishini o’yga toldiradi…

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Kelinlar daftariga»

Yuragida shirin orzu-umidlar bilan kеlinlik sarposida kuyov xonadoniga qadam qo’yayotgan qiz o’zi uchun sirli tuyulgan yangi xonadonning tartib-qoidalari, intizomlarini o’zlashtirib oladi. Agar u insoniylik fazilatlari, ayol, ona bo’lishdek mas’uliyatli vazifalar, oilani mustahkamlovchi asoslar haqidagi tushunchalarga ega bo’lsa, unday kelin eng baxtli ayolga aylanadi.

O’zbеkiston xalq yozuvchisi Tohir Malik «Kelinlar daftariga» risolasida ana shu dolzarb mavzuda suhbat yuritadi. «Odamiylik mulki»ga ilova tarzida yuzaga kelgan ushbu axloq risolasi kelinlarga murojaat sifatida yozilgan bulsada, unda kuyov, qaynota, qaynonalar e’tiborini tortuvchi masalalar haqida atroflicha fikr yuritilgan. Muallif unda kitobxonlarni hasad, qarg’ish, mazax kabi illatlardan ogoh etib, sabr, qanoat kabi fazilatlarga erishishga undaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Saodat saroyining kaliti»

(Odamiylik mulkiga doir suhbatlar) Birinchi kitob.

Toshkеnt: 2019.416 b.

Yozuvchi Tohir Malikning axloq-odobga doir risolalari kitobxonlarga yaxshi tanish. Uning uch fasldan iborat «Odamiylik mulki» axloq kitobi ko’pchilik diqqatini tortdi. Bu risola asosida tartib berilgan «Kelinlar daftariga», «Kuyov bola, sizga aytar so’zim bor» kitoblari ham nashr etilgan. Adib kitobxonlar, xususan, ota-onalar, maktab, lisеy, kollej ustozlarining takliflarini inobatga olib, «Odamiylik mulki» asarini qisqartirib, tahrir qilib, o’smirlarning talabi va didiga, qiziqishiga moslagan holda qo’shimchalar kiritib, «Umidimiz yulduzlariga» tarzida nashrga tayyorladi. Kitob garchi o’smir-yoshlarga mo’ljallangan bo’lsada, ardoqli ota va onalar, qadrli ustozlarning ham tanishib chiqishlari maqsadga muvofiqdir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Nafs kishanlari»

Falsafiy o’ylar

T.2018 336 b.

Bu kitobga jamlangan falsafiy fikrlarning ayrimlari bilan aziz muxlislarimiz avvalroq nashr etilgan “Mehmon tuyg’ular», «Iymonlashish umidi», «Tosh qalblarga zinhor nazar solinmas» to’plamlari orqali tanishgan bo’lishlari mumkin. Muhtaram muxlislarimiz diqqatiga havola etilayotgan bu kitob oldingilarining qayta nashri emas. Yozuvchi hayot falsafasiga doir kuzatishlari, fikrlarini to’ldirgan bu to’plam ham kitobxonlarni befarq qoldirmaydi, deb umid qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Shaytanat»

Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub bo’lmish «Shaytanat» asarining birinchi kitobida siz jinoyatchilar guruhi boshlig’i Asadbek va uning qizi Zaynab, qo’shiqchi Elchin, uning do’sti Anvar, Asadbekning suyukli shogirdi Jamshidning hayoti bilan tanishgan edingiz. Asar Jamshidning o’limi, Zaynabning o’zini osishi bilan yakunlangan edi. «Shaytanat» qissasining ikkinchi kitobida bu qah ramonlarning keyingi taqdiri qalamga olingan. Unda Jamshidning qanday qilib o’limdan qutulgani, Zaynabning qora kuchlar changaliga tushib qolgani kabi voqealar bayon qilingan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Saylanma»

She’rlar

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ostona»

Go’dak tugilganida uni shodu xurramlik bilan ostona hatlab uyga olib kirishadi. Umri poyoniga etganda esa… ostonadan olib chiqilmaydi. Lekin qarilik faslini ostonada turishga o’xshatish mumkin. Ya’ni, foniydan boqiy dunyoga o’tuvchi ostona. Ostonada turish faslida qanday voqеalar ro’y beradi? Bosib o’tilgan umr so’qmoqlariga qaraladimi, xulosalar chiqariladimi? O’zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik e’tiboringizga havola etayotgan yangi qissasida bu kabi savollarga javob berishga uringan. Shuningdek, kitobga bu mavzuni davom ettiruvchi hikoyalar ham jamlangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Vaqt tarozisi»

Hikoya va qissalar

Toshkеnt. 2017. – 248 b.

Qo’lingizdagi kitobda yozuvchi va jurnalist Ashurali Mamatovning turli yillarda yozilib, turli nashrlarda e’lon qilingan hikoya, badia va qissalari jamlangan. Uning qahramonlarining biri faylasuf, biri lirik, yana birlari esa orzumand romantik. Qaysinisidir o’z zamonining sodda yoki isyonkor va kurashuvchan insonidir. Ularning barchasini bir narsa, ya’ni yaxshilikka intilish va yomonlikka qarshi kurashish fazilatlari birlashtirib turadi. Yana birlari esa, aziz o’quvchi sizni, o’zingizni eslatib yuborsa ham ajab emas. Demak, ushbu kitobdan sizu biz o’zimizni yoki zamondoshlarimizni qidiramiz, izlanamiz. Ehtimol toparmiz…

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ma’rifat yog’dulari»

T. 2011. 96 6.

«Ma’rifat yog’dulari» deb nomlangan ushbu to’plamga Toshkent viloyatidagi akademik lisey va kasb-hunar kolejlarida yoshlarga ta’lim berayotgan ijodkor o’qituv-chilarning ijod namunalari jamlangan.

Ma’rifat yog’dulariga cho’lg’angan satrlar orqali aziz murabbiylarimiz ona O’zbekistonning ulug’vorligi, ota va ona mehrining bеg’uborligi, farzandlar kamoli haqida to’lib-toshib yozadilar.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Manzumalar»

T.2010. 53 b

Ko’lingizdagi kitobchada Mavlono Lutfiyning bizda nashr etilmagan she’rlari jamlangan. Ular 1997 yil Anqarada turk olimasi Gunoy Qarag’ach nashr qilgan «Lutfiy devoni»dan olindi. Bizdagi nashrlarda «odobi tasnif»ga ko’ra berilgan «Basmala», «Hamd», «Na’t» va qasidalar yo’qligi izoh talab qilmaydi. Shuningdek, shoirning g’azallari, ruboiylari, tuyuqlari va fardlari ham kitobdan o’rin olgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«To’tiyo»

She’rlar to’plami

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Kutayotgan ayol»

Qo’lingizdagi mana shu kitob ham o’sha mashaqqatli va serzavq mehnatning mevasi, umidli yosh ijodkorning dastlabki qadamidir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Mehr rishtasi»

hikoyalar

T. 2010. 35 b

Yosh adiba Go’zaloy Matyoqubova hikoyalarida bugungi kunning dolzarb axloqiy-ma’naviy mavzulari qalamga olinadi. Hikoyalarning qahramonlari ko’ngil ko’zlari ochiq insonlardir. Shu paytga qadar adabiyot muxlislariga shoira sifatida tanish ijodkorning ilk nasriy to’plami tez orada o’z muxlislarini topadi, degan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yulduzim mangu yonadi»

«Yulduzim mangu yonadi», deydi asarda bosh qahramon Bo’ri polvon. Aslida, bu so’zlar yozuvchi yuragining tub-tubidan chiqqan nido boʻlsa ajab emas. Bo’ri polvon obrazi orqali Tog’ay Murod o’z asari umrining uzunligini aytganday bo’ladi.

Tog’ay Murodning,,Yulduzi» mangu charaqlab turibdi. Uning ko’plab asarlari, xususan,,,Yulduzlar mangu yonadi» qissasi ham yillar sinovidan o’tib kelmoqda.

Mangulikka daxldor mazkur qissani nashriyotimiz siz aziz kitobxonlarga ilindi. Qissani o’qib siz haqiqiy oʻzbek kishilari bilan tanishasiz. Asarning xalqchil ruhi sizni o’ziga maftun etadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Momo Yer qo’shig’i»

Qissa

Toshkent: 2022. – 160 b.

O’zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog’ay Murodning «Momo Yer qo’shig’i» qissasi qo’lingizga olgan kitobda mujassam.

Mazkur qissada ona zamindan, xalqidan uzilgan ijodkor fojiasi katta ijodkor ustalik bilan tasvir etgan Pahlavon Daho obrazi orqali ochib beriladi.

Tog’ay Murod uslubiga xos til go’zalligi, badiiy bo’yoqlar bu qissaga ham ko’rk berib turibdi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ot kishnagan oqshom»

Qissa

Toshkent: 2022. – 176 b.

Tabiat va inson… Tabiat va inson oʻrtasida ko’zga ko’rinmas uzviy birlik bor. Ana shu bog’liqlik, birlik Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog’ay Murod «Ot kishnagan oqshom» qissasida mohirona tasvirlab bergan.

Qo’lingizdagi kitob xalqimiz ko’nglidan mustahkam o’rin egallagan, chet tillarga tarjima qilinib, dovruq qozongan mashhur «Ot kishnagan oqshom» qissasidan tashkil topdi.

Siz ushbu kitobni qo’lga olib, o’qiy boshlarkansiz, beixtiyor asarda tasvirlangan Ziyodulla kal va ajoyib oti Tarlon bilan birga ko’pkarilarda qatnashasiz, or-nomus, vijdon va mardlik, halollik kabi asl insoniy tuyg’ularga oshno boʻlasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yulduzlar mangu yonadi»

Qissalar

T. 2009. 318 b.

O’zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog’ay Murodning allaqachon dovruq qozonib, o’zbek xalqining ko’ngil mulkiga aylangan Yulduzlar mangu yonadi nomli va boshqa qissalari adabiyot muxlislariga lotin alifbosida ilk bor taqdim etilmoqda.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Mening falsafam»

She’rlar

Toshkent. 2020. 176 b.

Ushbu kitobdagi she’rlar samimiy, qalbga yaqin.

Shoir ko’ngil go’zalligini, dardu dunyosini titratib, junbishga keltirgan tuyg’ularinigina qog’ozga tushirganini har bir she’rni o’qib his etasiz.

Ko’ngildagi oniy kechinmalar sirli dunyosiga tashrif sizni ham xushnud etishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tanlangan asarlar»

T.2023. 538 b

O’zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan shoirning «Tanlangan asarlar» kitobi nashr etilmoqda. Unga sevimli shoirimizning shu paytgacha chop etilgan barcha kitoblaridagi she’rlari va dostonlari kiritildi.

Prezidentimiz tomonidan kitobxonlikni rivojlantirishga muhim e’tibor qaratilayotgan bugungi kunda ushbu kitob barchaga betakror ma’naviy zavq bag’ishlaydi, degan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Umidli dunyo»

Farg’ona 2009. 159 b.

Muallif – Ushbu kitobni jondan aziz jigarimiz, opamiz TURSUNXON Hoji onaning porloq xotiralariga bagishlayman.

Kitobni qo’liga olib mutolaa qilishga uringanning bagri butun, ikki dunyosi obod, armonlari kushod bo’lsin.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Jar yoqasida chaqmoq»

«Qissa va hikoyalar«

Toshkent: 2022.-256 b.

Donish ijodkor Asqad Muxtor asarlaridan jamlangan mazkur kitobga adibning qissa va hikoyalari jamlangan. Va aytish joizki, adib qalamga olgan mavzular zamon va makon nuqtayi nazaridan o’lmasdir.

Birovning yillar davomida yig’gan mol-dunyosi qaysi maqsadda ishlatilishidan qat’i nazar boshqalarga buyurmasligini Mamatning ayanchli o’limi misolida, onasining vafotini intiq kutgan – ildizidan ajralgan Maratning alaloqibat sevgilisidan ham ajralib yolg’izlanib qolishi misolida tasvir etarkan, adib hayotning shu kabi gohida achchiq, gohida dars olishga majbur qiladigan taqdirlari bilan kitobxonni yuzlashtiradi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Iblis devori»

Tanlangan asarlar

O’ninchi jild

Qissa va hikoyalar

T.: 2011. 528 b.

«Bir qoringa siqqan bolalar bir hovliga sig’ishmaydi…» Bu maqolda qanchalar haqiqat bor? Ota va ona vafotidan keyin nima uchun farzandlar yuzko’rmas bo’lib ketadilar? Ota-onalari ruhi azob chekishini nechun o’ylamaydilar? Yozuvchi Tohir Malik tanlangan asarlarining mazkur o’ninchi jildiga kiritilgan qissada siz, aziz kitob muxlislarini shu mavzuda bahs yuritishga da’vat etadi. Kito-bda yozuvchining turli mavzularda yozilgan hikoyalari ham jamlandi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Murdalar gapirmaydilar»

Qissalar

Т. 2019. – 544 b.

«Charxpalak» qissasini o’qigan kitobxon shu kabi savollarga javob topadi.

Hech qanday zulm jazosiz qolmaydi. «Murdalar gapirmaydilar» qissasida ana shu hayot falsafasi haqida fikr yuritiladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Otamdan qolgan dalalar»

Roman

Toshkent: 2022.352 b.

Muallif o’z romanida sobiq sho’rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko’rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis oʻzbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Otamdan qolgan dalalar»

Roman

T. 1994.-272 6.

«Otamdan qolgan dalalar» ramziy roman. Muallif o’z romanida butun umr dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko’rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o’zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yulduzlar mangu yonadi»

Qissa

Toshkent: 2022. – 144 b.

Qo’lingizdagi kitob O’zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog’ay Murodning ilk, ammo allaqachon xalqimizning ko’ngil mulkiga aylangan, hozirga qadar bir necha avlod kitobxonlari dillariga milliy g’urur-iftixor, oriyat tuyg’ularini singdirib, yoshlarimizni asl vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelayotgan, go’zal badiiyatga oshno etajak «Yulduzlar mangu yonadi» qissasidan tashkil topdi.

Hurmatli kitobxon! Ushbu qissa mutolaasiga kirishar ekansiz, adibning badiiy so’zi o’ziga xos mahorat bilan chizgan manzaradan mutaassir bo’lasiz, polvonlarning mard, tantiliklari, qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

«Baxtiyor oila»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Otamdan qolgan dalalar»

Roman

Toshkent: 2021.360 b. 2-nashri.

Muallif o’z romanida sobiq shoʻrolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko’rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o’zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Muhabbat fasli»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Alvido… bolalik»

Qissa

Toshkent: 2021,216 bet.

Yozuvchi Tohir Malik ushbu asarida birgina oila misolida bolalarni tarbiyalash borasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar qanday og’ir oqibatlarga olib kelayotganligini o’ziga xos tarzda ochib bergan. Asarda hech kim jinoyatchi bo’lib tug’ilmasligi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantirishi aks ettirilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Alvido bolalaik»

T.2018. 221 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Haq gapning hikmati»

Andijon 2009. 158 b.

Mazkur kitobda muallifning hayoti va faoliyatidagi ayrim lavhalar, xotiralar bayon etiladi. Sodda va ravon uslubda yozilgan ushbu lavhalar kitobxonni hayot mashaqqatlarini mardona yengishga, irodali bo’lishga da’vat qiladi.

Shuningdek, to’plamga kiritilgan dolzarb muammoni ko’tarib chiqqan «Qora kurt» dramasi hamda o’ziga xos she’rlar o’quvchilarga ma’kul va manzur bo’ladi deb umid kilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tohir – Zuhra qissasi»

T.1985. 109 b.

Sizlar ushbu kitob nomini ko’riboq, qadimiy ertakni eslarsiz balki. Men ertak emas, hozirgi kunimiz voqеalarini qalamga oldim. Balog’at ostonasiga qadam qo’yayotgan tengdoshlaringiz, ularning o’qishlari va ishlari, quvonch va tashvishlarini hikoya qildim. Bu yoshda tabiiyki siz o’g’il-qizlarimizni qanday kasb-hunarni egallasam, kimdan o’rnak olsam, kim bo’lib etishsam ekan, degan savollar qiziqtiradi, qanday qilib baxtga erishishni o’ylaysiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«San’at bir gulshanki»

T.2012. 181 b.

Sizlar ushbu kitob nomini ko’riboq, qadimiy ertakni eslarsiz balki. Mеn ertak emas, hozirgi kunimiz voqealarini qalamga oldim. Balog’at ostonasiga qadam qo’yayotgan tengdoshlaringiz, ularning o’qishlari va ishlari, quvonch va tashvishlarini hikoya qildim. Bu yoshda tabiiyki siz o’g’il-qizlarimizni qanday kasb-hunarni egallasam, kimdan o’rnak olsam, kim bo’lib yetishsam ekan, degan savollar qiziqtiradi, qanday qilib baxtga erishishni o’ylaysiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Lochin qnotlar»

T.1973. 278 b.

Siz, o’smirlar, o’z ota-onangizning bolalik davrlari qanday kechganini bilishga juda qiziqasiz-a? Ularning bolaliklari ko’proq sertashvish, alg’ov-dalg’ovli urush yillariga to’g’ri kelgan. Ular kattalarga mehnatda ko’mandosh, tashvishda qayg’udosh edilar. Komsomol o’qituvchilar boshchiligida chinakam yosh vatanparvarlarga xos harakat qilib, frontdagi lochinlarga front orqasida qanot-quyruq bo’lganlar, yovuz fashizm ustidan g’alaba qozonishimizga hissa qo’shib, jiddiy kurash o’tida chiniqib, balog’atga etishganlar.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Kenjatoy»

T.1976. 200b.

Hakim Nazirning «Kenjatoy» qissasi ishchi sinfining kenja avlodi haqida hikoya qiladi. Asar bosh qahramoni Sobirning bobosi temirchi o’tgan, otasi mashhur mexanizator, fidokor olijanob odam bo’lib, el-yurt manfaati yo’lida o’zi ni qurbon etadi. Go’daklikdan ota-buva kasbiga mehr qo’ygan Sobir maktabni tugatib, shaharga hunar bilim yurtiga otlanadi. Onasi esa uni o’z bag’rida saqlab, biron «yog’liq ishga kiritmoqchi. Siz qissada Sobirning hayotda o’z o’rnini topish uchun dastlabki mustaqil qadamlari, hunar maktabidagi o’qish va ishda uchragan qiyinchiliklarni yengish jarayonida xarakterining toblanishi, ilk muhabbatning tug’ilishi bilan tanishasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Durdona rivoyatlar»

T.2016. 133 b.

To’plamning keyingi fasllarida – saxovat, takabburlik, manmanlik, razolat, hasadgo’ylik, munofiqlik, ochko’zlik singari illatlarni qoralovchi qiziqarli rivoyatlar beriladi. So’nggi uch qismda hikmatlar, matallar keltirilgan. Shu ma’noda Hasan Nazarovning muxtasar, sermazmun, teran fikrlarga boy ushbu risolasi tez fursatlarda o’z o’quvchilarini topa olishiga shubha yo’q.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Shamollar girdobida»

Hikoyalar, badialar, esselar

Toshkеnt: 2015. – 184 6.

Umrning behad omonatligi; tiriklik dashtida sarson-sargardon inson ruhiy olamidagi evrilishlar; mehr-oqibat bulog’ining hamisha qaynab turishi abadiyligi; shiddatli sinovlar qoshida tentirab o’z yo’lini yo’qotgan qiyofasiz, beburd kimsalarning jirkanch hayoti; taqdiri azal hukmini yelkasiga olgan go’dak qismati; Vatan va unga bog’liq rishtalar; inson fe’li va tabiatidagi murakkab holat, kechinmalar; arzirli xotiralar… ushbu kitob mazmun-mohiyatini tashkil etadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Nujum ilmi hikmatlari»

T. 1924. – 806.

Ushbu risola avlodlarimizning ming yillar davomida hayot sinovidan O’tkazib, o’rganib kelgan, turli xalqlar o’rtasida keng tarqalgan nujum ilmi sirlari bilan tanishtiradi.

Kitobxon o’zining va yaqin kishilarining afzal va kuchsiz tomonlarini astrologi: nuqtai nazardan chuqurroq bilib olishga va shunga yarasha munosabatda bo’lishga undan foydalanish mumkin.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Воровский ko’chasidagi qotillik»

Namangan 2012. 174 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«GRAD operatsiyasi»

Namangan 2012. 175 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Bog’bon»

Namangan 2013. 129 b.

Qo’lingizdagi risolada respublikamizda bogdorchilik va uzumchilikni rivojlantirishda o’zining katta hissasini qo’shgan tajribali ustoz bog’bon Po’latbek Mamadaliеvning o’tgan asrning o’rtalarida hamda yangi asrimizning boshiga qadar olib borgan ishlari haqida hikoya qilinadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Jasorat»

Roman

Namangan 2017 yil. 288 bet

Muallif mazkur asarini O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, xalqimizning ardoqli farzandi, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat va ehtirom ila bag’ishlaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qasam»

Qasoskor qashqirlar

Namangan 2018. 235 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Samoda chaqnagan yulduzlar»

Qissalar

Namangan 2019. – 148 b.

Qo’lingizdagi kitob qozoq elining ulug’ farzandi, qozoq yozma adabiyotining asoschisi, otashnafas shoir Abay (Ibrohim) Qo’nonboy o’g’lining hayoti va ijodi haqida yozilgan va o’zbek tilida ilk bor nashr etilayotgan asardir. Mazkur asar 2018 yilning avgust va sentyabri oylarida adibning Abay yurtiga qilgan sayohati davomida to’plagan ma’lumotlar asosida yozildi. Shuningdеk, kitobga muallifning to’rt hikoyadan iborat «Muhabbatning mangu qo’shig’i” qissasi ham kiritilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hayot va ajal»

Toshkent 2016. 271 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sotilgan vijdon»

Namangan 2018. 219 b.

Qissalar

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Chimildiqda yongan qiz»

Isoqjon Nishonovning detektiv janrida yozgan ko’plab kitoblari o’quvchilar qo’liga yetib borgan. «Chimildiqda yongan qiz» asarida uzoq yillar davomida prokuratura sohasida xizmat qilgan adliya polkovnigi Hojiraxon qirg’izboyevaning og’ir jinoyatlarni ochishdagi tajribasi, zahmatli mehnati aks ettiriladi. Shuningdek, kitobga muallifning «Brilliant» operasiyasi» qissasi ham kiritilgan bo’lib, unda uyushgan jinoyatchilarning boylik yo’lida sodir etgan garoyib jinoyatlari oqibatida odamlar boshiga solingan mudhish fojialar ochib beriladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«To’tinoma»

Rivoyat

T.2015. 183 b.

Xind mumtoz adabiyotining eng nodir namunalaridan biri bo’lmish nasriy-shE’riy didaktik xarakterdagi mazkur asar ilk bor 1320 yilda dunyo yuzini ko’rgan. Yetti yuz yil avval yozilgan bu noyob adabiy obida asli Karshi vohasida tug’ilib kamolga yetgan va taqdir taqozosi bilan umrini Xindistonda o’tkazgan yurtdoshimiz, faylasuf va yetuk tabib Ziyovuddin Naxshabiyning aql-zakovati va qalb qo’ri mahsulidir. Asarning bosh g’oyasi vafo va sadoqat, hayo va andisha, adolat va halollik, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish va olijanoblik bo’lib, to’tining barcha hikoya va qissalari shu g’oyani 2 asoslash, isbotlashga qaratilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Andijonim qalb gavharim»

T. 2022. 168 b.

Muallif-«Ushbu kitobimni hayotdan erta, 30 yoshida bu yorug olamni tark etgan jigarbandim, sevikli qizim Gulshabnamning porloq xotirasiga bag’ishlayman»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Navnihol»

she’rlar

T. 2011. 61 b.

Qo’lingizdagi kitob yosh, iste’dodli qalamkash Sadoqat Ne’matova she’rlaridan tuzilgan. Bu she’rlarda samimiy va pokiza tuygular jilvasi, yoniq qalb iztiroblari, inson va tabiatga muhabbat bo’rtib ko’rinadi. Kitob she’riyat muxlislariga ajoyib tuhfa bo’ladi deb umid qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«She’riyatda fanlar jilosi»

Farg’ona 1998. 30 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tushumda ko’rsam edim»

Toshkent 2015. 235 b.

Nodira nafaqat o’zbеk, balki fors-tojik tilida ham mahorat bilan qalam tebratgan hassos zullisonayn shoira hisoblanadi. Mazkur majmuaga uning o’zbek tilidagi xalq ichida mashhur va badiiy barkamol g’azallari bilan birga, forsiy merosidan ham namunalar tarjima qilib kiritildi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hikmatlar»

T. 2019. 140 b.

Alishеr Navoiy asarlarini umumiy qilib «Xikmatlar majmuasi» yoki «Xalq donishmandligi qomusi» deb ham atash mumkin. Zero, hikmatli so’zlar maqollar, matallar, obrazli iboralar, ibratli hikoyatlar Navoiyning deyarli barcha she’riy va nasriy asarlarida uchraydi. Chunonchi halq hayotining barcha jihatlarini yaxshi bilgan va katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan mutafakkir o’z asarlari vositasida yuksak ma’naviyatli insonni tarbiyalashga qaratilgan o’ziga xos insoniylik kodеksini yaratishga muvaffaq bo’ldi. Xalq donishmandligi namunalaridan ilhom va ozuqa olgan hazrat Navoiy o’zi ham donishmandlikning buyuk namunalarini yaratib, xalqqa taqdim etdi.

Ushbu to’plamda Alisher Navoiyning she’riy va nasriy hikmatlari kirill yozuvi bilan birgalikda eski o’zbek yozuvida hamda fors va arab tillariga qilingan tarjimada o’quvchilar e’tiboriga havola etilmoqda.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«G’azal gulzoridan 100 otashin gul»

Toshkеnt: 2013. – 204 b.

Qo’lingizdagi kitobchada mutafakkir shoir Alisher Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» kitobidagi «G’aroyib us-sig’ar» devonidan o’rin olgan dastlabki 100 g’azalning nasriy bayoni o’rin olgan. Garchi bu xil ifoda usuli bilan shoir qalamiga mansub badiiy durdonalarning g’oyaviy-badiiy nafosatini aks ettirish imkoniyati bo’lmasa ham, bu asar g’azallar mazmunini chuqurroq anglab olishingizga ma’lum darajada yordam beradi, deb umid qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Q. 010 y, 76 b.

Ushbu kitobda besh xazina Alisher Navoiy hazratelarining «Xamsa” dostonidagi ayrim baytlarning asli va sodda nasriy bayonlari o’rin olgan.

Kitob Navoiyning ma’naviyat bo’stoni, ma’naviyat olami bilan yaqinrok tanishishimizga yordam beradi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ishq tilsimi»

T.2011. – 112 b.

Alisher Navoiyning boy va rang-barang ijod bo’stonidan dastalangan ushbu to’plam ulug’ shoirning asrlar davomida xushovoz hofizlar tomonidan sevib ijro etib kelinayotgan va xalqimiz ko’nglidan chuqur joy olgan, teran falsafiy mazmun va otashin tuyg’u-kechinmalarga yo’g’rilgan orifona hamda oshieqona g’azallari, nozik hayotiy kuzatishlar mahsuli bo’lmish hassos, purma’no ruboiylari, haroratli va dilo’rtar mustazodiyu muxammasi, go’zal va bеtakror tarje’bandlari asosida yaratilgan qo’shiqlar guldastasini o’z ichiga oladi. Shu jihatdan, u nafaqat mumtoz she’riyat muxlislari, balki madaniyat va san’at ahliga ham munosib tuhfa bo’ladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Navoiy»

Roman

T.: 2019. – 480 b.

Navoiy she’riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko’nglimni tortar edi. O’z asarlarimda shoir Navoiy obrazi yaratishga zo’r mayl, orzu, istagim bor edi. Lekin tarixga ko’z tashlasam, Navoiy ulug’, buyuk bir siymo holida qarshimda turar edi. Yoshligimdan beri Navoiyning o’lmas, abadiy she’rlarini sevib o’qir edim, uning jozibali g’azallari borgan sari ko’nglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«To’la asarlar to’plami»

10 -jildlik

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«So’zga aylangan qilich»

T.2014. 351 b

XX asr o’zbek milliy adabiyotimizda ustoz Mirmuhsin, Husniddin Sharipov, Muhammad Ali, Barot Boyqobilov she’riy romanlari qatoriga taniqli dostonnavis, O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizom asari qo’shildi.

Ushbu she’riy roman XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Markaziy Osiyo hayoti, xususan, mashhur sarkarda, iste’dodli shoir, «Tarixi Rashidiy» tarixiy asarining muallifi, Kashmir podshohi Muhammad Haydar Mirzo haqida.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hayrat ul-abror»

Toshkеnt: 2022.240 b.

Alisher Navoiy ijodida «Xamsa»ning birinchi dostoni «Hayrat ul-abror» alohida o’rin tutadi. Mazkur dostonda jamiyat hayotining barcha tomonlari qamrab olingan. Shu bilan birga dostonda ko’ngil va uning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan doston Abduqodir Hayitmetov tayyorlagan nasriy bayon asosida nashrga tayyorlandi.

«Hayrat ul-abror» muqaddima qismiga oid bir necha boblardan tashqari 20 ta maqolat kabi qismlardan tashkil topgan bo’lib, maqolatlarning har birida Navoiy o’z davri uchun zarur bo’lgan biror ijtimoiy-siyosiy yoki axloqiy muammoni qo’yadi, uni o’z davridagi hayotdan, ijtimoiy tabaqalarning ahvolidan kelib chiqib chuqur va atroflicha tahlil qiladi va unga o’z insonparvarlik munosabatini bildiradi. Mazkur asarning Abdiqodir Hayitmetov nasriy bayoni asosida tuzilgan nasriy tabdil ulug’ shoirimiz ijodini yanada teran anglashda qo’l kelishi shubhasiz. Jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri «Hayrat ul-abror» mutolaasidek zavqli onlar muborak bo’lsin!

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Farhod va Shirin»

T.:2021. – 336 b

«Farhod va Shirin» nasriy tabdilining dastlabki nashrida turli sabablar bilan jami 476 bayt tabdil qilinmagan. Bunda aksariyat dahriy tusga ega sovet mafkurasi sabab bo’lgani ehtimoldan xoli emas. Lekin 2006 yilda navoiyshunos olimlar Abduqodir Hayitmetov va Vahob Rahmonov to’ldirib nashrga tayyorlagan dostonda ham barcha baytlar to’la tabdil qilinmagan. Dostonning dastlabki boblari to’la nasriy bayon qilingani holda turli boblar tarkibidagi jami 70 dan ortiq bayt nasriy bayon qilinmay qolib ketgan. Qolaversa, G’afur G’ulom nasriy tabdili keyingi nashrlarda deyarli hech qanday o’zgarishsiz qoldirildi. Vaholanki, dastlabki urinishlardan biri bo’lgani sababli akademik shoirimizning tabdili ham bugungi kun talablariga javob bera olmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Layli va Majnun»

T.2021. 192 b.

Ishq-muhabbat hamisha badiiy adabiyotning bosh mavzusi bo’lib kelgan. Bu mavzuda omadzod dastlab og’zaki termalar, xalqona qo’shiqlar, dostonlar yaratgan bo’lsa, keyinchalik qissalar, romanlar yaratilgan. Sharqda «Farhod va Shirin», «Tohir va Zuhra», «Vomiq va Uzro» kabi oshiq-ma’shuqlarning muhabbati hamon tillarda doston. «Layli va Majnun» dostoni ular orasida alohida o’rin tutadi.

«Layli va Majnun» dostoni ilgari ham nasriy bayon qilingan. Biroq oldingi bayonlar dastlabki urinish bo’lgani uchun qator kamchiliklardan xoli emas. Navoiy asarlarini nasriy bayon qilish mumtoz adabiy tilni bilish barobarida badiiy puxtalikni ham talab qiladi. Vahob Rahmon nasriy bayoni asosida tuzilgan «Layli va Majnun» dostonining mazkur yangi nasriy tabdili asliyatga juda yaqinligi bilan e’tiborga molik.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sab’ai sayyor»

T.2021. 288 b.

Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostoniga qadimiy Eron shohi Bahrom Go’r bilan bog’liq afsonalar asos qilib olingan. Xamsanavis salaflaridan farqli ravishda Navoiy bu mashhur mavzudan o’zining ilg’or g’oyalarini ifoda etish maqsadida foydalanib, qoliplovchi hikoyaga kirgan novellalarni ixchamlashtirib, mazmun va shakl jihatidan mukammal asar yaratgan. Navoiy dostonining yana bir muhim jihati shundaki, shoir asarining zaminiga insonning haqiqiy sevgisini asos qilib oladi. Ulug’ insoniy sevgi vositasida Navoiy davlat, ijtimoiy, axloqiy-etik va boshqa masalalarni ko’tarib chiqib, dostondagi asosiy mavzuni bayon qilish jara-yonida ularni ham ketma-ket hal qilib beradi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

T. 2022. 270 b.

Har bir ishning amalga oshish o’z vaqti soati bo’lishini, odam zoti qanchalik istasin-istamasin Buyuradigan buyurgan kunida yuzaga chiqi shining necha martalab guvohi bo’lganmiz. Hazrat Alisher Navoiyning qo’lingizdagi uch muhtasham asari – «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki ajam», «Munojot» tarjima qilinmadi, ya’ni bir tildan boshqa tilga ag’darilmadi. Tahliliyam, talqiniyu, izohli bayoniyu soddalashtirilgan bayoni ham emas. Tabdil ham qilinmadi, ya’ni bir so’z o’rniga boshqa so’z qo’yib (badal, badil) chiqilmadi. Qilgan ishimiz shulki, bizdan uzoqlashgan otamizga yuzimizni o’girdik, begonalashgan tilimizga ko’nglimizni o’girdik. Hazratning har bir so’zi tugul har bir harfini, tovushini asrashga harakat qilindi. Ulug’ va tengi yo’q otamiz qanday aytgan, degan bo’lsalar o’shanday bugungi tilimizga o’girdik, ko’chirdik xolos. Hazrat bitiklari bilan yetti yot begonaday emas, balki ota-bola, katta ota va nevara gaplashganday o’qishni necha bir avlod orzu qilib o’tdi. Ushbu asarlar birinchi marta to’liq holda hozirgi jonli tilimizga o’girildi. Bu so’zsiz, yurt Mustaqilligining, til Mustaqilligining bir ko’rinishidir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Farhod va shirin»

T.1975. 248 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sadi Iskandari»

T. 1978. 285 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hayratul Abror»

T.1989. 350b

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Lison ut-tayr»

Toshkent: 2023. – 512 b.

Ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlari matnini o’rganish uning hayotlik chog’laridayoq boshlab yuborilgan edi. Bu an’ana endilikda ham davom etayotir. Ayni ma’noda ushbu tabdilda ilk bor shoir asarlarining matniy tadqiq qilinmagan jihatlari qayta o’rganib chiqilgan. Eng muhimi, unda ulug’ shoirning «Lison ut-tayr» asari ilk bor ham yangicha nasriy, ham she’riy tabdil qilindi. Bu tarz ulug’ shoirning ushbu falsafiy-tasavvufiy asari mohiyatini soddalashtirib keng kitobxonlarga targ’ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tabdil adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos, matnshunos va barcha mumtoz she’riyatimiz muhiblariga manzur bo’ladi, degan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qaro ko’zim»

T.2021. 195 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hikmatlar»

T.2015. 252 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Siyosatnoma»
(Siyar ul-muluk)

Toshkent. 2023. – 304 b.

Mana, to’qqiz asrdan oshibdiki, qo’limizdagi ushbu kitob turli tillarda ko’pgina xalqlarning amir-u umarolari, mutafakkir-u ijodkorlari, umuman, ziyoli ahli diqqatini o’ziga tortib keladi. Hatto G’arb mamlakatlarida bu kitob barcha davrlar uchun davlatni, jamiyatni boshqarishda, din-u e’tiqod pokligini, mamlakat yaxlitligi va daxlsizligini saqlashda, fuqarolar haq-huquqlari va osoyishtaligini himoya qilishda, xalqqa shu talablar darajasidagi salohiyatli rahbarlar bosh bo’lishida asqatadigan yaxshi qo’llanma, maroqli badiiy asar va tarixiy manba sifatida e’tirof etilgan.

Kitob tarixchilar, siyosatchi va siyosatshunoslar, faylasuflar, shuningdek, bu sohalarga qiziqqan kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Saddi Iskandariy»

Doston

T: 2020. 640 b.

Iskandar har bir davr, xususan, o’rta asirlardagi shoh-u shahzodalar uchun ibrat qilib ko’rsatishga arzirli adolatparvar hukmdor. Shuningdek, uning hikmat egasi ham bo’lganligi asarning badiiy ko’lami kengligini ta’minlagan. Iskandarning nabiy, hakim va haqiqiy ma’nodagi malik – «adolatli shoh» ekanligini ta’kidlagan Navoiy uni ideal obraz sifatida talqin etgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Layli va Majnun»

Toshkent 2020. 343 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sab’ai Sayyor»

T.2020. 403 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Xamsa»

T.2023. – 496 b.

Mazkur kitobda Alisher Navoiy Xamsa»sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho’zilib ketgan manzaralar, monologlar biroz qisqartirilgan. Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyat gultoji hisoblanmish Xamsa» dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o’ylaymiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Mavlonodan qalbga malham hikmatlar»

T. 2022. 172 b.

Mavlononing ko’ngil javohirlari va tasavvufiy hikoyalardan tarkib topgan mazkur to’plam mutolaasi qalbingizni boyitadi. Darhaqiqat, Mavlono Jaloliddin Rumiyning purma’no hikmatlari va tasavvufiy hikoyalar shunchaki o’qib ketilmaydi.

Ulardan qalbga, ruhga, jonga huzur olinadi, dunyoimizga sakinat inadi, haqiqatlar qatidan ulkan saboqlar chiqariladi.

Ko’ngilni yayratmoq, tafakkurni charxlatmoq istagingiz bo’lsa mazkur hikmatlar yordamchingiz bo’lsin. Xayrli va manfaatli mutolaa onlarini tilaymiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Afg’on shamoli»

Roman

T. 2018. 221 b.

«Afg’on shamoli» asarining sakkizinchi qismida o’quvchi o’zi uchun Qo’ldoshali, Sabina, Latif, Rasul, Kutuzov kabi yangi qahramonlarni kashf etadi, urushning achchiq qismatini ular bilan birga boshdan kechiradi.

Voqealar rivojining asosiy qismi bosh qahramon Bo’ronning Mulla Umar topshirig’i bilan Chechenistonga yuborilishi bilan bog’liq bo’lib, o’quvchi chechen jangarilari bilan bo’lib o’tgan hodisalar, rus chechen muzokaralari bilan bog’liq tarixiy voqealardan xabardor bo’ladi.

Bundan tashkari, qalbi Vatanga muhabbat bilan to’lgan o’zbek razvedkachisi Qo’ldoshalining mеtin irodasi, shijoati va xiyonat ko’chasining aldovlari oldida o’zini mardonavor tutib, ezgulik yo’lida halok bo’lishi, ko’ziga ko’rinib qolgan o’lim sharpasi qarshisida ko’zi ochilgan G’afurning vijdon azobiga yo’liqib, o’zligiga qaytishi, o’z gunohlarini yuvish maqsadida Vatan xizmatiga bel bog’lashi, yurtfurush Ergashning o’limi hech kimni befarq qoldirmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Zulayxo daraxti»

(Roman)

T.2019. 244 b.

Yozuvchi Nodir Normatovning ushbu romani Surxon vohasining olis tog’ oralig’idagi qishloqda yashaydigan zamondoshlarimiz hayotiga bag’ishlangan. XX asr oxiri XXI asr boshida ro’y bergan voqealar silsilasida bugungi kun qahramoni hayotidagi ziddiyatlar, iztiroblar, psixologik holatlar, ichki kechinmalar badiiy bo’yoqlarda tasvirlangan. Xotira va hayot, burch va tanazzul, yorug’likka intilish va o’zni anglash yo’lidagi urinishlar o’ziga xos psixologik syujet asosiga qurilgan. Ayni paytda hayotiy lavhalar bilan majoziy timsollar uyg’unlashib ketgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qonli yo’rgaklar»

T.2019. – 512 b.

Butun-butun xalqlar va millatlarning urf-udumlari, minglab-millionlab yillik turmush tarzlarining tajovuzkorona poymol etishga urinish insoniyat tarixida hamisha o’sha tajovuzkorlarning o’ziga bitmas-tuganmas ofatlarni keltirgan va keltiraveradi.

Ulug’ shoirlaru, e’tiqodi yo’lida hech narsadan qaytmaydigan sabotli, tanti insonlarning beshigi bo’lib ulg’aytirgan muqaddas afg’on tuprog’ining bugungi kunda qonli yo’rgakka mengzatilishi bejiz emas.

Ul diyor endilikda oddiygina afg’on yurti emas, bizning xujayra-hujayralarimizga tarqagan og’riqli jarohatlar, nolalar go’shasi hamdir. Bu kitob o’sha og’riqlarning milliondan bir ulushi sifatida muallifning yuragidan otilib chiqib, yurak qoni bilan yozilgandir, aziz kitobxon!

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qorabo’ri»

Qissalar

Toshkеnt.2022.494 b.

Muvozanat buzilgan yerda kurash vujudga kelib, ezgulikning illatga qarshi harakatlari yuzaga qalqib chiqadi. O’shanda uning rangini yanada teranroq tuya boshlaysiz. Umuman olganda, ezgulikning tusi qanaqa, u qaysi ranglarni o’zida jam etgan? Siz bu savolga taniqli yozuvchi Normurod Norqobilovning ushbu kitobidan javob topasiz. Adib o’zining mazkur kitobga kirgan asarlarida bu azaliy va abadiy holatni o’ta mohirlik bilan ochib bergan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Zamondoshlar xotirasi va muxlislari vasfida»

Toshkent 2022. 303 b.

Bu yil o’zbеk adabiyotining atoqli namoyandasi, qatag’on davrining qurbonlaridan biri, shoir Usmon Nosir tug’ilgan kunga 110 yil to’ladi. Shu muhim voqеa munosabati bilan O’zbekiston Rеspublikasi Prezidеnti Sh.M.Mirziyoyev imzo chekkan qarorga ko’ra, Toshkent, Namangan, Qo’qon va shoirning so’nggi kunlari kechgan Rossiyaning Kemerovo shaharlarida Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kechalar va boshqa qator tadbirlar o’tkaziladi. Shu qarorda bajarilishi ko’zda tutilgan ishlardan biri Usmon Nosirning davlat va xususiy arxivlarda sochilib yotgan asarlarini to’plab, shoir asarlarining mukammal va muhtasham to’plamini, ikkinchisi esa zamondoshlarning u haqidagi xotiralari, adabiy-tanqidiy maqolalari, shoirlarning ustozga bag’ishlangan she’rlaridan iborat o’ziga xos «usmonnoma»ni nashrga tayyorlash va chop etishdir.

Ushbu to’plamni tayyorlashda Usmon Nosir haqidagi eng sara xotiralar, maqolalar va she’rlar tanlab olindi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Dushman»

Roman

T.2019.388 b.

Chin do’stlik, sevgi-sadoqat, vatanparvarlik kabi mavzularni o’zida jamlagan ushbu roman o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otishi shubhasiz. O’zining qator asarlari bilan kitobxonlarga yaxshi tanish Qoraqal-pog’iston xalq yozuvchisi Muratboy Nizanovning galdagi «Dushman» deb nomlangan romani ham badiiyati, dramatizmga boyligi bilan ajralib turadi, o’quvchiga zavq-shavq bag’ishlaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Oxirat uyqusi»

T.2018. 271 b.

Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi Muratbay Nizanovning «Oxirat uyqusi» deb nomlanuvchi ushbu romanida o’tgan davr voqealarini yoritishga harakat qilingan. Muallif o’z qahramonlari boshidan kechirgan murakkab vaziyatlarni ortiqcha bo’yab-bejamasdan, nihoyatda ishonarli tarzda gavdalantirishga harakat qilgan. U inson tabiatidagi chigalliklarni, hayotning turfa ziddiyatlarini haqqoniy yoritishdan cho’chimagan. Roman qahramoni Utamurot oxirat uyqusiga ketish oldidan o’z hayotini kinolenta kabi ko’z oldidan o’tkazadi. U odamlarga qilgan yaxshiliklarini, bilib-bilmay yo’l qo’ygan xatolarini, yaqinlariga nisbatan qilgan xiyonatlarini sarhisob qiladi.

Ushbu kitob ham muallifning boshqa kitoblari qatori Siz aziz o’quvchilarga manzur bo’ladi dеgan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«To’maris»

Tarixiy qissa

T 2019. – 144 b.

«To’maris» o’zbek xalqining qadimiy afsonalaridan biri. U mardlik, qahramonlik timsoli. To’maris erining o’limidan so’ng taxtga o’tirgan malikalardan biridir. Uning Eron shohi Kir II ga qarshi kurashi afsonadan joy olgan. Unda haqiqatning, adolatning, mardlik va jasurlikning makr, hiyla va yovuzlik ustidan qilgan g’alabasi eroniylar va massagetlar o’rtasidagi jang misolida ochib berilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Quyosh qoraymas»

Roman

T 2023. – 240 b.

Oybekning nasriy asarlari orasida o’zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati tasviriga bag’ishlangan «quyosh qoraymas» (1943-1959) romani alohida e’tiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand g’arbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan bo’lsada, urush to’g’risidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji bo’lmagani uchun uni 50-yillarda xastalik paytida yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar do’stining timsolini yaratish orqali sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qo’pol xatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, o’zbek jangchilarining «to’p yemi» bo’layotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Navoiy: roman

T 2023. 424 b.

«Navoiy romani o’zbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki, aslo kamaytirmadi. Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi. Bundan besh asr oldin yashab o’tgan ulug’ shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga boʻlgan munosabati tasviridan ham o’rinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik, qat’iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo’ladi. Darhaqiqat, Navoiy romani oʻzining badiiy-estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmolimligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning ko’zgusi bo’la olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya’ni to’qima va tarixiy obrazlarning uyg’unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e’tirofilarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o’z qadr-qimmatini yo’qotgan emas, yo’qotmaydi ham. Chunki chinakam badiiy san’at asari hech qachon oʻlmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o’zbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug’ mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go’zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Roman

«Oltin vodiydan shabadalar»

T 2023.-448 b.

«Oltin vodiydan shabadalar» – yangi davr adabiyotidagi katta hajmli roman bo’lib, uning asosiy xususiyatlari o’zbek xalqining yaqin o’tmishi, turmush tarzi, har qanday og’ir damlarda ham o’z metin-irodasini ko’rsata oluvchi xalq ekanligini, mehnatkash kishilardagi betakror fazilatlarni namoyon etadi. Zero, Maqsud Shayxzoda ta’biri bilan aytganda, «O’zi himmatli ijodkor mehnatchi bo’lgan Oybek shuning uchun ham mehnat ahlini sevadi, lirikada bo’lsin, dostonlarda bo’lsin, roman va dramatik asarlarida bo’lsin, Oybekning sevimli qahramoni mehnatkash ishchi va kosiblarni kuylaydi. Mehnatkash insonlardagi oʻlmas fazilatlarni g’oyat kuchli bo’yoqlar bilan tasvirlab beradiki, bu xususiyat Oybekning o’zbek adabiyoti uchun qilgan eng katta xizmatlaridandir».

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Bolalik xotiralarim»

T 2018. 349 b

Atoqli o`zbek yozuvchisi Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek turfa voqealarga boy, mashaqqatli va ayni paytda ajoyib hayot yo`lini bosib o`tgan. Qo`lingizdagi «Bolalik xotiralarim» kitobida u ana shu yo`lning 1917-1918 yillarga qadar bo`lgan qismi bilan siz hurmatli kitobxonlarni tanishtiradi.

Oybek singari ulug` allomalarning bolalik va yoshlik kezlari ularning ko`cha changitib yurgan oddiy boladan xalqning mutafakkir siymolaridan biriga aylanishi, ayniqsa, yosh avlodlar uchun hamisha maroqli va ibratlidir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Nur qidirib»

Qissa

T 2023. – 336 b.

«Nur qidirib» asarining bosh mavzusi – Pokiston xalqining ikki yoqlama, ya’ni mustamlakachilar va mahalliy mansabdorlar tomonidan jabr-zulm ostida qolganiga qarshi erksevar xalq farzandlari kurash olib borishlaridan iborat. Qissaning bosh qahramonlari Ahmad Husayn va Iskandaro xalq ozodligi va farovonligi yo’lida kurashish barobarida o’z muhabbatlariga erishish uchun ham astoydil intiladi. Ahmad Husayn moddiy ahvoli tang bo’lishiga qaramasdan iymon-e’tiqodiga xilof vazifalarda ishlashdan bosh tortadi. Bir-birini qattiq sevgan Ahmad Husayn va Iskandaroning ishq va muhabbat, g’ayrat va shijoat, o’zlarining ham, xalqning ham baxtiyor kelajagiga oid orzu va umidlar bilan limmo-lim qalblari «Nur qidirib» quyosh sari talpinadi…

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Navoiy»

Roman

T 2019.480 b.

Navoiy she’riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko’nglimni tortar edi. O’z asarlarimda shoir Navoiy obrazi yaratishga zo’r mayl, orzu, istagim bor edi. Lekin tarixga ko’z tashlasam, Navoiy ulug’, buyuk bir siymo holida qarshimda turar edi. Yoshligimdan beri Navoiyning o’lmas, abadiy she’rlarini sevib o’qir edim, uning jozibali g’azallari borgan sari ko’nglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Alisherning yoshligi»

T 1979. 88 b

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qutlug’ qon»

Roman

T 2021.368 b.

Oybekning «Qutlug’ qon» romanining bosh qahramoni Yo’lchimard, halol, oqko’ngil, olijanob yigit. Ma’lumki, inson o’zi qanday bo’lsa, o’zgalar haqida ham shunday o’ylaydi. Shuning uchun ham Yo’lchi shahardagi qarindoshlardan mehr-u muruvvat kutadi. U o’ziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal to’lay oladi. Buni siz romanda yigitning mehnatdan qo’rqmasligi, ishning ko’zini bilishi tasvirlangan o’rinlardan payqab olasiz.

Asarning ushbu nashrida asarda uchraydigan ilmiy, tarixiy atamalarga, ruscha va baynalmilal so’zlarga alohida izoh va iqtiboslar berildi va hozirgi o’zbek adabiy til qoidalari asosida qayta tahirilandi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Bolalik»

T 1963. 272 b

Qissa bir necha bor nashr etilgan va turli avlodlarning ko’ngil mulkiga aylangan. Uni yangi asrimizning yosh avlodlari o’qir ekanlar, bundan yuz yil muqaddam bobolarining bolaligi qanday kechganligini bilib oladilar va bugungi chin ma’nodagi hurlik, mustaqillikning qadriga yetadilar.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Jannatga yo’l»

T 2020. 224 b.

Mazkur asar o’ziga xos ma’nviy ozuqa manbaidir. Unda zamonamizning alloma va donishmand ijodkori, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ijodidan bahramand bo’lishingiz mumkin. Xalqimiz ardog’idagi bu insonning fikr-xayollari, kеchinmalari, u kishini o’yga toldirgan holatlar va xotiralar bilan yaqindan tanishish istagidagilar uchun bu kitob ayni muddao bo’lishi shubhasiz.

Kitob adabiyot va she’riyat ixlosmandlari, umuman, barcha kitobxonlarda katta qiziqish uyg’otadi, dеb ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Tanlangan asarlar»

She’rlar.

T 2019.-3246.

O’zbеkiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov «Tanlangan asarlar»ining sakkizinchi jildi kеyingi ikki yarim yilda yozilgan ruxiyat va chuqur falsafiylik omixta bo’lgan yangi she’rlardan jamlandi. Zukko shе’rxonlar ulkan shoir ijodi yangi mavzular, yangi ifoda vositalari bilan boyiganiga, davr va xalq, shaxs va jamiyat, inson va uning qalbi, nur va ziyo, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yovuzlik, samimiyat va hasad, mehr va qabohat singari o’lmas va azaliy mav zular yangi ifoda vositalari orqali ochib bеrilganiga ishonch hosil qilib, yangi shoirona nigohdan zavq oladilar, deb umid qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«O’zbekiston, Vatanim manim»

She’riy to’plam

Τ 2022. 128 b.

O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov o’zbek adabiyoti xazinasiga ulkan hissa qo’shgan iste’dod sohibi edi. Shoirning mehnatlari munosib taqdirlanib O’zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Qo’lingizdagi to’plamda Abdulla Oripov ijodining dastlabki yillarida yozilgan she’rlari o’rin olgan.

Ushbu she’riy guldasta har bir adabiyot muhibi uchun eng yaxshi sovg’a bo’lishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Everest va ummon»

She’rlar

T 2018. 391 b

She’r – ruhiyat tadqiqi, tuyg’ular tasviri. Unda ozod va pokiza ko’ngilning goh mayin, goh nolakor, goh o’tli, goh, mungli manzaralarini ko’rishingiz mumkin. Ushbu manzumada ana shu tuyg’ular musavviri, O’zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning so’nggi yillarda va vafotidan oldin yozilgan she’rlari jamlangan.

O’ylaymizki, ushbu to’plam she’riyat ixlosmandlariga munosib tuhfa bo’ldi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sohibqiron»

Besh pardali she’riy drama

T 1996. 138 b

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Birinchi muhabbatim»

She’rlar

T 2019. – 156 b.

O’z hayotida sevib-sevilmagan, muhabbat atalmish ajib bog’dan gul uzmagan inson bo’lmasa kerak. Bu boqiy va muqaddas tuygu shoiru yozuvchilarimiz, baxshi, rassomlarimiz ijodining doimo bosh mavzusi bo’lib kelgan.

«…Birinchi muhabbat!» Bu sexrli so’z jaranglashi bilan har qanday odamning ko’ngil qatlarida yashirinib yotgan his-hayajon shirin bir entikish bilan yuzaga qalqiydi, yurak o’rtanishlari go’zal va rohatbaxsh xotiralarni yodga soladi. Birinchi uchrashuv, birinchi sevgi izhori, birinchi iztirob…

Aziz she’riyat muhiblari! Sizga taqdim etayotganimiz ushbu to’plamda O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning butun ijodi mobaynida ushbu o’lmas mavzuda bitilgan she’ru g’azallari jamlangan. Ular Sizni xushnud etadi, degan umiddamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Aljabrinig tug’ilishi»

Qissalar

T 1987.-96 b.

Inson bolalikda qiziquvchan, hamma narsani bilishga ishtiyoqmand bo’ladi. Xayotimiz ana shu qiziquvchanligu ishtiyoq bilan oboddir. Ammo ma’ lum narsa-hodisalarni o’zicha ham kashf etmagan kishi yangi ixtiroga jur’at etolmaydi. Markarim Osimning ikki buyuk alloma haqidagi ushbu kitobi Sizlarni atrofimizdagi narsa – hodisalarni qayta kashf etishga o’rgatadi, qiziqarli va yoqimli taassurotlar hadya qilib, tasavvuringiz kuchi-yu qudratini oshirishga ko’maklashadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Zulmat ichra nur»

Qissa

T 2020. 285 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Zulmat ichra nur»

Tarixiy qissa

T 2021. – 160 b.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi qarorida yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug’ adib Mirkarim Osimning «Zulmat ichra nur» qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma’naviy olami shunga yarasha bo’ladi.

Alisherning nihoyatda o’tkir zehnli bo’lgani, o’qish va yozishni juda erta o’rganib olgani, eng muhimi bolaligidan she’riyatga, adabiyotga g’oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi. «Zulmat ichra nur» qissasida biz Alisherni to’rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Zulmat ichra nur»

Tarixiy qissa

T 2021. – 160 b.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabr-dagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi qarorida yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug’ adib Mirkarim Osimning «Zulmat ichra nur» qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma’naviy olami shunga yarasha bo’ladi.

Alisherning nihoyatda o’tkir zehnli bo’lgani, o’qish va yozishni juda erta o’rganib olgani, eng muhimi bolaligidan she’riyatga, adabiyotga g’oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi. «Zulmat ichra nur» qissasida biz Alisherni to’rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Alamazon va Gulmat»

T 1998. 286 b.

Taniqli adabiyotshunoslardan biri o’z maqolasida Anvar Obidjonning 80-yillarda bitilgan Meshpolvon haqidagi qissasini «qaram davlatning bolalariga tarqatilgan ozodlik varaqalari» deb baholagan edi. Adibning Alamazon turkumidagi qissalari to’g’risida ham aynan shu fikrni aytish mumkin.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Dahshatli Meshpolvon»

Qo’lingizda iste’dodli adib Anvar Obidjonning «Dahshatli Meshpolvon» kitobi. Asar qahramoni o’sha siz bilgan Meshpolvon. Ikki lunji nog’ora, beti oftobdan zog’ora, jag’ida eshak tepki naqshlagan chan-diq, qorni naq qirq pudlik sandiq. Shu bolakayning boshiga ko’rgilik yog’ilib, yirtqich Sepkilshoh askarlari yurtini talab, ota-onasini qul qilib, Qahratoniya degan uzoq oʻlkaga haydab ketadi. Avvaliga o’zini yo’qotgan Meshpolvon buvisining daldasi bilan o’qlovni nayza, qon zonqopqoqni qalqon qilib, xachirini minib yo’lga tushadi. Meshpolvonning ko’rgan-kechirganlari, Sepkilshoh bilan olib borgan janglari bilan tanishgan har bir kitobxon bu «lashkarboshi»ni yaxshi ko’rib qoladi.

Shuningdek, ushbu toʻplamdan hayvonlarning tushlari haqidagi hikoyalar ham o’rin olgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Oltin Yurakli avtobola»

T 2023. 93 b

O’zbekiston xalq shoiri, bolalar adibi Anvar Obidjonning „Oltin yurakli Avtobola» qissasi noyob ixtiro haqida. Professor yaratgan bu qurilma yovuz kishilar tomonidan o’g’irlab ketiladi.

Qiziqarli va kutilmagan voqealar asosiga qurilgan bu qissa sizga ma’qul bo’lishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Meshpolvon jangga otlandi»

Qissa

T 2014. -216 b.

Agar kishi el-yurtini, loaqal o’z tug’ishganlarini yurak-yurakdan yaxshi ko’ra olsa, ularni deb katta qahramonliklar ko’rsatish bemalol qo’lidan keladi.

O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning xalq dostonlari ohangida bitilgan quvnoq qissasi zamirida shu ma’no bor. Unda yovuz Sepkilshohning askarlari shaharu qishloqlarni talab, ko’plar qatorida Meshpolvonning yarador dadasi va ko’zlari kiyiknikidek chiroyli onasini ham qul qilib haydab ketadi. Bundan xo’rligi kelgan bola kunlardan bir kuni o’qlovni nayza, qozonqopqoqni qalqon, daskallani qilich qilib, ota-onasini qutqarish uchun cho’loq xachirda jangga jo’naydi….

Pashshavoy voqeasiga kelsak, buni o’qiyotib, tamoman boshqa bir olamga kirib qolasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Alamazon va uning piyodalari»

T 2019. 143 b

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Oltiariq hangomalari»

T 1999. 191 b.

Saksoninchi yillar boshida «Mushtum»da sonma-son berib borilgan «Oltiariq hangomalari» bodringchilar o’lkasi nomini respublikada yanada mashhur va suyukli qilibgina qolmay, kulgi ixlosmandlarining shu qadar e’tiborini qozondiki, ko’p o’tmay turli gazeta-jurnal sahifalarida har xil joylar nomi bilan ataluvchi hangomalar paydo bo’la boshladi. Ularning aksariyati matbuot sahnasida uzoq tura olmadi, ammo «Oltiariq hangomalari» qariyb yigirma yildan beri «o’zligi»ni saqlab kelmoqda. Hukmingizga ilk marta to’lig’icha havola etilayotgan hayotiy latifalardan tashqari Anvar Obidjonning farg’onacha sershira qahqahaga yo’g’rilgan hajviy hikoyalari ham ushbu kitobdan o’rin olgan. Ko’plab qiziqchilar tilini hanuz qayrab kelayotgan chpani iboralar ustasi Mirzaqand naynov haqidagi turkumdan tashqari barcha hajviyalar kitob holida birinchi bor chop etilmoqda.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Ibratli ertaklar

T 2022. 112 b

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ona tilim mangu makonim»

She’rlar
T 2022. – 384 b.

Til har bir xalqning, har bir millatning tarixini, ma’naviyatini, madaniyatini ifodalovchi vositadir. Aynan shuning uchun ham til Davlat suverenitetining asoslaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Millat boyligi hisoblangan tilni madh etish, e’zozlash har bir fuqaroning, ayniqsa, shoirlarning muqaddas burchidir.

Mazkur kitobda ona tilimiz o’zbek tiliga bag’ishlangan she’rlar to’plandi va keng kitobxonlarga taqdim etilmoqda. Maqsad – sohir so’z egalarining tashbehi bilan tilimizni yana bir karra ulug’lash va eng chiroyli ta’riflar bilan ko’ngillarni zabt etishdir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ona bilan bola, gul bilan lola»

T 2016. 93 b

Ona dunyodagi eng aziz va mo»tabar zot! Bola esa ota-onaga ko’rsatilgan oliy marhamat! Shu bois azaldan dunyoda qaysi xalq borki, onalarni ulug’lash pa farzandlarni tarbiyalashga oid maqollar yaratishgan, mutafakkirlar borki, onalarni e’zozlash va farzandlarni barkamol voyaga yetkazishga doir hikmatlar yozishgan. Ular necha asrlardan buyon onalarni avaylab-asrashga va farzandlarni komil insonlar etib tarbiyalashga undab kelmoqda.

Mazkur kitobga mana shunday benazir maqol va hikmatlar jamlandi. Ishonchimiz komil, ular muqaddas onalarimizni yanada sharaflashingizda, buyuk kelajagimiz egalari bo’lgan soglom avlodni voyaga yetkazishingizda yo’ldoshingiz bo’ladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Men asli odammas, yor edim…»

She’rlar, qatralar.

T 2020. 160 b.

Mazkur kitob shoir Shuxrat Orifning uzoq kutgan va boshkalarnida uzoq kuttirgan to’plami. Undagi har bir she’rning o’z muxlisi bor. Har bir she’rda bir taqdir, har bir so’zda bir umid mujassam… So’zlar kishini o’ylatadi, o’qiyotib amin bo’lasizki, muallif hech bir jumlani shunchaki ishlatmaydi. Katta harflar bilan yoziladigan She’r o’qishni istaganlar uchun nashrga tayyorlangan ushbu kitob adabiyot ixlosmandlariga muborak bo’lsin.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Odam to’g’risida odamlar»

T 2009. 284 b

Odam to’g’risida odamlar (pedagogika fanlari doktori, professor, sinchi, metodist va 60 yoshli oddiy bir odam Qozoqboy Yo’ldoshevning kimligi, qandayligi to’g’risida chog’doshlari). Tuzuvchilar: T. Ali, Q. Husanboyeva; mas’ul muharrir J Yo’ldoshbеkov; kirish so’zi Shukrulloniki.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«O’lka»

T 2000. 101 b

O’zbek she’riyatining musiqa jovonida o’xshashi yo’q dilbar bir kuy hanuz jaranglab turadi. Bu Hamid Olimjon she’riyatining so’lim ohangidir. Goh buloq suvidek tiniq va ravon, goh tog’lar soyidek sho’x va toshqin bu she’riyatda ajib sehr bor. Zotan, she’riyatning o’zi aslan sehr san’atidir. Sehrsiz so’z gulsiz chaman, mevasiz bog’.

Odatda shoirning she’rida uning o’z suvrati namoyon bo’ladi. Hamid Olimjon she’rlaridan bizga yosh quvnoq yigit ochiq chehra va issiq tabassum bilan qarab turadi. Uni shodlik va baxt kuychisi deb bejiz aytishmagan. O’zbekiston haqida Hamid Olimjondek yonib kuylash kamdan-kam shoirga nasib etgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Beshinchi fasl»

T 2022. 95 b

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Zomin seminari ishtirokchilari orasida umidli, iste’dodli yosh ijodkorlar talaygina. Ana shunday yoshlar o’rtasida o’z ijodi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo’lib, Uyushmaning «Birinchi kitobim» loyihasiga tavsiya etilganlari bor. Ularning ijodiy ishlarini katta umidlar bilan hukmingizga havola etmoqdamiz.

Kitob orqali yosh muallifning ko’ngil bitiklarini o’qib ko’rib, uning ijod bulog’idan bahramand bo’lishingizni istaymiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Kuychining Xayoli»

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ma’naviyat va ma’rifat tahlili»

Andijon 2001. 102 b

Risola

«Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir», degan edi muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov. Haqiqatan ham, ma’naviyat va ma’rifat insonni komillikka undovchi, tarbiyalovchi, go’zallashtiruvchi, ruhni, irodani bardam etuvchi ne’matdir.

Ma’naviyat va ma’rifat tahliliga bag’ishlangan ushbu risola, unda ilgari surilgan fikrlar, mulohazalar kishilarni, xususan, yoshlarni mustaqilligimizning sadoqatli, fidoiy jonkuyarlari bo’lib kamol topishlarida yaqin ko’makdosh bo’ladi dеb umid qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Dunyoni go’zallik qutqaradi…»

T 1993.- 190 b.

Ona sayyoramiz gamu anduhlari, shodligu iztiroblari, tashvishu muam molari, kecha va kunduzlari bilan birga aylandi. Zamonlar yangilanadi. Dunyo evriladi. Odamzot hamisha ma’naviy go’zallikni, ezgulikni ardoqlab, saqlab yashaydi.

Zaminu zamon saltanati, izdihomi ichra ro’y berayotgan turli hodisalar hamisha insonning ruhiy holatiga ta’sir etadi va ma’lum munosabatni shakllantiradi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Dil maxzani ichra»

T 2004. 79 b.

Taniqli shoira va adiba E’tibor Oxunovaning ijodi keng kitobxonlarga yaqin tanish. Shoiraning ma’naviyat, qadriyatlarimiz, ayol nazokati, muhabbati, insoniylik mavzularidagi badihalarining tarbiyaviy ahamiyati be’qiyosdir.

Ushbu mo»jaz to’plam asosan yangi she’rlardan tuzilgan. Rang-barang mavzudagi shе’rlarning ko’pi mehr, muhabbat, bahor, insoniylik, ayol tavsifidadir.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hayot bilan uchrashuv»

«Qissa va hikoyalar»

T 1980.-88 b.

Yosh yozuvchi Habibulla Olimjonovinig «Galati qiz» qissasida qalbi sof, pokiza tuyg’ularga to’la qiz – Dilbar obrazi yaratiladi. Uning o’ziga xos nozik, boy ichki dunyosi yorqin bo’yoqlarda chizilgan. Dilbarning hayotga o’z munosabati, o’z dunyoqarashi bor. U sеvgan yigitidagi shunga zid dunyoqarash bilan kelisholmaydi…

Muallifning hikoyalarida ham muhabbat va sadoqat tuyg’ulari madh etilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sog’inch suvratlari»

(Badiiy publitsistika)

T 2019-y. 84 b

Zulxumor bolalik xotiralari, kitoblar mutoalasidan olgan taassurotlari orqali o’quvchini bugunning dolzarb muammolariga yetaklab keladi. Xalq o’yinlarining tiklanishi, Orol fojeasi, kitobxonlikka ishtiyoqning o’zgarayotganligiga kuyunchaklik bilan e’tiboringizni tortadi. Shuning bilan birga dorbozlik sanatining mohir ustalari mahorati, kurashdagi milliy atamalarimizning dunyo tiliga ko’chayotganligidan faxr tuyg’ulari aks etgan maqolalar o’quvchini befarq qoldirmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Oilada sevgi suhbatlari»

T 2021. – 128 b.

Hayot ichra oila hayotimiz ham o’tib ketmoqda. Uni huzur-halovatli, mazmunli, maroqli o’tkazish har ota-onaning orzusi.

Bu ezgu niyatingiz amalga oshishi uchun ushbu kitobdan har kuni bor-yo’g’i 15 daqiqa oilangiz davrasida mutolaani yo’lga qo’ysangiz bas.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Kumush terakzor»

She’r va hikoyalar

T 2019. 152 b.

Shoira Ra’no Odilovaning she’r va hikoyalari soddalik va samimiyatdan qo’r olgan. «Shovullaydi kumush terakzor» deya o’quvchining his va tuyg’ularini junbushga keltiradi shoira o’z she’r-laridan birida. Hikoyalari esa oddiy hayotiy voqealar asosida yaralgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Saylanma»

Asarlar, xotiralar va makolala

T 2018. – 348 b.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, adiba va jurnalist Olmos ijodining eng sara namunalarini to’plab «Saylanma»ga tartib beribdi. Olmosning qalamiga mansub ushbu ijod namunalari, o’zbek adabiyotining buyuk yozuvchisi, akademik shoir G’afur G’ulom hakidagi xotiralar, ajoyib esselar, hikoyalar saylanmaning asosini tashkil etgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Onajon Ka’bam o’zing»

Hikoyalar

T 2019. 312 b.

Biz mazkur to’rtta nomni onasiz talaffuz qilsak, nimadir yetishmayotgandek, kemtikdek bo’lib qoladi. Shu to’rt nomsiz hayot yo’q, demak onaning yana bitta nomi Hayot. Bus-butun Hayot. Dunyo tarixlarini, adabiyoti-yu san’atini, jamiki, betakror ijod namunalarining bosh mavzusi Ayol. Ayol esa Ona, opa, singil, yor…

Aziz mehr-muhabbat shaydolari va Onasini behad ardoqlovchi kitobxonlar. Kitobda yozuvchilarning ona haqidagi dil so’zlari, hech kimga aytolmay, hammaga aytayotgan tuyg’ularini jamladik. To’plamni mutolaa qilayotganda onangizni yana bir bor eslab, omon bo’ling, onajon, desangiz, shu bizga kifoya. Yutug’imiz ham, niyati miz ham shu…

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hikmatlar xazinasi»

T 2010. 237 b

Donishmand ajdodlarimizning avloddan avlodga o’tib kelayotgan qomusiy bilim, keng dunyoqarash, katta hayotiy tajriba, nozik kuzatish mahsuli bo’lgan chuqur mazmun va teran falsafaga ega hikmatli so’zlari, fikr-mushohadalari, pand-nasihatlari qadim ul-ayyomdan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning qudratli quroli bo’lib kelgan. Qo’lingizdagi kitob Sharqning mashhur olimlari va mutafakkir adiblari asarlari ichida kelgan ana shunday purma’no hikmatlari va qayroqi fikrlari asosida tuzildi. Ular yosh avlodning axloqiy tarbiyasi va ma’naviy kamoloti yo’lida beminnat murabbiy va hayot darsligi boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Onajon»

she’rlar

Uchinchi nashri

T 2018. 552 b

O’zbek adabiyoti Ona haqida yozilgan durdona asarlarga nihoyatda boy. Onani ulug’lashda, madh etishda ijodkorlarimiz chin ma’noda yurak haroratini qog’ozga to’kkanlar. Nasrda ham, nazmda ham har qancha maqtovga arziydigan samimiy va qadrli asarlarimiz borligi bizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi.

Ushbu to’plamdan o’rin olgan she’rlar asosan Ona haqida, onaning ulug’ligi va beqiyos fazilatlari haqida. Bu she’rlarni o’qish jarayonida dastlab kishi ko’z oldiga o’z onasining nurli va mehrli siymosi namoyon bo’ladi.

Bu oddiy kitob emas, balki kitob javoningizning eng mo»tabar joyidan o’rin oladigan she’riy javohirdir. Va bu javohir har bir xonadonga nur olib kirishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Malika Kenagas oyim yoxud Amir Nasrulloning o’limi qissasi«

T 200. 222 b

Go’zallikda butun Turkistonga dovruq yoygan Shaxrisabz malikasi Kenagas oyim, uning amir Nasrullo qulog’iga simob quyib o’ldirishi tarixiy sabablari kеng ko’lamda, badiiy tarzda hikoya qilinadi. Pod shoxlarning qismati, ko’pincha, ular olib boradigan siyosat natijasi o’laroq yakun topadi. Zulm, faxsh, nafsga zo’r bеrish, uzoqni ko’ra bilmaslik, davlat va xalq manfaatlarini unutish, oxir-oqibatda, shax siy fojeaga olib kelishi kenagas va mang’it qavm boshliklarining muttasil olishuvlari talqinida bayon etiladi.

Millat jipsligi mo»tabar va mukaddas. Bu asar yakin o’tmi shimizning ayanchli saxifalarini jonlantirib, undan saboq olishga da’vat etadi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Zangori tovushlar»

T 2023. 111 b

O’zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi o’zbek adabiyotida yorqin iz qoldirgan betakror iste’dod sohibidir. O’z ijodi bilan milliy she’riyatimizni ham mazmunan, ham shaklan yangilagan shoirning she’rlari so’z san’atining noyob durdonalari sanaladi.

Rauf Parfi she’rlarida inson qalbi va ruhiyatining eng nozik manzaralari musavvirona aks etgan bo’lib, o’quvchining tiynatini poklashga, o’zligini anglashga, ma’nan yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bir necha avlod vakillarining qalb qo’shiqlariga aylanib qolgan, olmosday serqirra, shabnamday tiniq she’rlardan tarkib topgan ushbu mo»jaz kitob sizning ham doimiy hamrohingiz bo’lib qolishiga ishonamiz, aziz o’quvchi!

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Pul, ish, omad»

T 2012. 135 b.

To’la-to’kis, farovon hayot kechirishning asosiy omili hisoblangan pul, ish va omad haqida xorijiy hamda MDH davlatlari psixologlari qiziqarli tadqiqotlarni o’tkazishgan. Ular izlanishlari natijasi o’laroq yuzaga kelgan maqolalar tarjima qilinib to’plam holida «Qiziqarli psixologiya» turkumida «Pul… Ish… Omad» nomi bilan chop etildi. Unda kishini o’ylantiradigan savollar, jumboqlar bor, shuningdek, muammoli vaziyatlardan chiqish yo’llari ham ko’rsatilganki, mazkur tavsiyalar, ko’rsatmalarga amal qilinganda albatta o’z samarasini beradi.

Kitob keng ommaga mo’ljallangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Xazonrezgi»

T 2023. 334 b.

Mazkur to’plamga taniqli qoraqalpoq adibi Uzaqbay Pirjanovning o’tgan asr o’rtalaridan boshlab yaratgan nasriy va nazmiy asarlaridan namunalar hamda uning ijodi tahliliga bag’ishlangan maqolalar kiritildi. Ularning mutolaasiga kirishar ekansiz, oradan yillar o’tgan bo’lsa-da, bu asarlar o’z ohori va jozibasini yo’qotmaganiga guvoh bo’lasiz. So’z qudrati, adabiyot sеhridan dalolat etuvchi mazkur to’plam, o’ylaymizki, Sizni ham loqayd qoldirmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ravshan ko’zgu»

Andijon 2022. 100 b.

Qo’lingizdagi kitob insonlarga hayotda to’g’ri va unumli yashab borishi uchun bir qo’llanma bo’lib, Yurtboshimiz ta’kidlayotgan Uchinchi Renessans poydevorini qo’yishga yaqindan yordam beradi. Yurtimizda ro’y bergan avvalgi Renessans davrlarining yuzaga chiqishiga sabab bo’lgan, jahon ilm maydonida barchani lol qoldirgan ajdodlarimizning yuksak darajalarga erishishida soflik va halollik kabi tushunchalarni muqaddas bilib yashaganliklari fikrlarimizga yetarli dalil bo’la oladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Suv Parisi»

T 2013. 208 b

Rus xalqining ulug’ shoiri, yangi rus adabiyotining asoschisi Aleksandr Sergeevich Pushkin (1799-1837) ijodi rus va umuman, jahon adabiyoti taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Zero, yer yuzida Pushkin nomini eshitmagan inson bo’lmasa kerak. She’riyat muxlisi borki, uning ismini biladi. Pushkin mag’rur kuylagan erk va haqiqat g’oyalarining hayotbaxshligi, she’riy dahosining kudrati bilan bashariyat shoiriga aylandi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

T 2022. 189 b

Ushbu to’plam I Chol Xuanning «Olis yulduz» nomli hikoyasi bilan nomlangan. Kitobga kiritilgan hikoyalar o’zining ravon tili, qiziqarli voqealari bilan kitobxonlarga manzur bo’lishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hikmatlar»

T 2023. 192 b.

Mavlono Jaloliddin Rumiy jumla bashariyat nomini hamisha iftixor ila tilga oladigan buyuk ijodkor, betimsol alloma, uning «Masnaviyi ma’naviy asari esa teran hayotiy o’gitlar, bebaho hikmat-u haqiqatlar xazinasidir. «Masnaviy ni varaqlab, durdona pand-u hikmatlarni saralab, aziz kitobxonlarimiz uchun ixcham bir saylanma tuzdik.

Umid ulkim, ulug’ bobokalon shoirimizning muborak ruhi shod, uning ruhoniyatiga oshno boʻlganlarning ko’ngillari obod bo’lgay…

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ichindagi ichindadur»

T 2023. – 272 b.

«Ichindagi ichindadur» Mavlono Jaloliddin Rumiyning turli majlislarda bildirgan «o’tlug’» fikrlaridan tarkib topgan. Siz ushbu risolani o’qib, inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, xayol va amal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyatini anglaysiz. Va hamma narsa O’zingizda, hamma narsa O’zingizdan ekanligiga yana bir bor iymon keltirasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

Yetti majlis (Majolisi sab’a)

T 2023. – 192 b.

Jaloliddin Rumiyning ilmiy va adabiy merosi voyat katta. G’azal, masnaviy va ruboiylarni o’z ichiga oladigan «Devoni kabir» («Ulug’ dеvon»), falsafiy-so’fiyona mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldiradigan teranlik bilan yozilgan «Masnaviy-ma’naviy», «Maktubot», «Fihi mo fixiy» («Ichindagi ichindadir») nomli asarlarini butun dunyo sevib o’qiydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ma’naviy masnaviy»

T 2021.508 b.

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining «Ma’naviy masnaviy» asari еtti asrdan buyon Sharq tafakkuri va badiiy kalom muxlislarini o’ziga maftun etib kelmoqda. Ushbu tengsiz adabiy obida har bir imon egasini Haq va haqiqat sari yuksaltiruvchi ruhiy-qalbiy narvondir.

Qo’lingizdagi kitob Ko’nie kutubxonasida saqlanayotgan eng mӯ’tabar qo’lyozma asosida nashrga tayyorlandi. O’zbеk tilidagi tarjimasi esa istе’dodli shoir Odil Ikrom tomonidan amalga oshirildi. Umid qilamizki, aziz o’quvchimiz o’z imkoni darajasida ushbu bеpoyon ma’naviy ummondan bahramand bo’ladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ichindagi ichindadur«

T 2003. 195 b

«Ichindagi ichindadur» Mavlono Jaloliddin Rumiyning turli majlislarda bildirgan o’tlug fikrlaridan tarkib topgan. Siz ushbu risolani o’qib, inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, xayol va azal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyatini anglaysiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Turfa xil savdolar»

Qissa

Andijon 2022 yil. 292 b

Har bir inson umri davomida yaxshi-yomon kunlarni, kiyinchiliklarni ko’radi, turli xil fe’l-atvorli insonlarga uchraydi, bo’htonlarga, hasadlarga, tuhmatlarga duch keladi. Shunda o’zini yo’qotmasligi, Ollohni esdan chiqarmasligi, yaxshi insonlarni topib, maslahat olishi, qanoat va sabrni do’st tutishi kerak. Qissa kahramonlarida bu fikrlar namoyon bo’ldi. Ular shu xislatlari bilan obro’ topdi.

Azizlar, qissa qahramonlari bilan goyibona suhbatlashing, ularning hayotini, takdirini o’rganing, o’zingizga zarur xulosalar chiqaring.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qissasi Rabg’uziy»

T 2018.216 b.

Kitobxonlarga taqdim etilayotgan mazkur asar «Qissasi Rabg’uziy» asarining 1904 (hijriy 1323) yilda Samarqandda chop etilgan nusxasi tabdili bo’lib, uni kеng kitobxonlar ommasini e’tiborga olgan holda hozirgi zamon o’zbek adabiy tiliga moslab, taqdim qilinmoqda.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«She’r san’atlari»

T 2020. 240 b.

Ushbu risola oʻrta maktab o’quvchilari, abituriyentlar, o’qituvchilar, filolog talabalar, aspirantlar, magistrlar, shoirlar va ilmiy xodimlarga hamda she’rshunoslik bilan qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qalbimdagi qatralar»

T 2002. – 64 b.

So’lim go’sha Andijonda tavallud topgan To’xtasin Rahmatullaеv uzoq yillar viloyat ichki ishlar tizimida faoliyat ko’rsatgan, milisiya podpolkovnigi. U faoliyati davomida badiiy ijod bilan ham shug’ullanib kеldi. Qator nazmiy, nasriy hamda publisistik asarlari rеspublika va viloyat vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan, o’quvchilar olqishiga sazovor bo’lgan. Muallifning qalb qo’ridan yaralgan «Qatra hikmatlar» kitobi allaqachon kitobxonlar hurmatini qozongan. Qo’lingizdagi ushbu to’plam ham «hikmatlar»ning uzviy davomi bo’lib, hayotiy va badiiy tеran hikoyatlar bilan boyitilgan. O’ylaymizki, kitobda jamlangan barcha asarlar Siz aziz o’quvchilarga manzur bo’ladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Hayot saboqlari»

T 2006. 181 b.

«Qalb – go’yo nazardan berkingan chinni piyola» – bu To’xtasin Rahmatullaevning iborasi. Illo, mazkur kitobda qalb manzaralari, hayot kеchmishlari, taqdir voqeotlari aks etgan. Har bir manzara, kеchmish, voqеot qalb ko’zi bilan talqin qilingan.

O’ylaymizki, kitob o’quvchilarga manzur bo’ladi. Ko’plab murakkab hayotiy savollarga javob topadilar. Mushohada yuritib, o’z chinni piyolalari qalblariga o’zgacha nazar tashlaydilar.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Sarchashma»

She’rlar va doston

T 2007. 112 b.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Zamira Ro’ziyeva «Munavvar yurtim», «Gul islari», «Qirq o’rim soch», «Atirgulga aylanaman», «Oftobjamol» kabi kitoblari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Uning ijodida Vatan, ona, muhabbat mavzulari o’ziga xos nafosat va samimiyat bilan qalamga olinadi.

Ana shunday jozibakor shе’rlardan tarkib topgan ushbu to’plam, aziz o’quvchi, Sizga manzur bo’lishiga ishonamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Saylanma»

She’rlar

T 2013, 264 b.

Ijod bilan shug’ullangan insonning umri uning kitoblarida, yozgan asarlarida davom etadi. Hamroqul Rizoning umri ham uning she’ru dostonlarida davom etmoqda. Ushbu saylanma samimiy va dilkash inson, zahmatkash ijodkor Hamroqul Rizo hayoti davom etayotganining isboti sifatida yuzaga chiqmoqda.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Vafo qismati»

T 2011, 236 b.

Mashxur rus shoiri Sergey Еssninning nomi o’zbek kitobxonlariga ham avvaldan ma’lum. Bundan ddyarli yarim asr muqaddam, ya’ni, shoirning maftunkor she’rlari o’zbek tilida jaranglagandan buyon yuraklarni go’zal va ezgu hislarga oshno qilib kelyapti. Shu bilan bir qatorda, bu she’rlar sizni shoir hayoti va ijodi bilan tanishishga beixtiyor undayveradi. Mazkur kitob ham o’zbek tilida mavjud ehtiyojni qoplash maqsadida yaratildi. Ish bir-birini to’ldiruvchi alohida maqolalardan tashkil topgan bo’lib, ularda shoirning bolaligidan to umrining oxirigacha bo’lgan hayotining asosiy jihatlari yoritib berilgan. Ijodi esa davr muhiti hamda shoir ruhiyati, undagi ziddiyat va murakkabliklari bilan tahlil etilgan. Manbalarda berilgan ma’lumotlar bilan birga muallifning fikr-mulohazalari va xulosalari ham sizni befarq qoldirmaydi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Dildagi gaplar»

T 2020. – 120 b.

«Dildagi gaplar» kitobidan muallifning insof, vijdon, adolat, ilm-ma’rifat, dinu diyonat, kitobxonlik, odob-axloq, nafsni poklash, oilaviy hayot, er-xotin munosabati, farzand tarbiyasi, adabiyot va ijod haqidagi mulohazalari o’rin olgan.

Bu kitob o’quvchini musaffo e’tiqodga chaqiradi, ilm-ma’rifatga qiziqtiradi, ezgulikka yo’llaydi, yomonlikdan qaytaradi, yuksak maqsadlar sari qadam tashlashga turtki bo’ladi, deb umid qilamiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Qishloqdagi buvijonim»

Qissalar

Ushbu kitob O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar bilan ishlash bo’limi tomonidan nashrga tavsiya etilib, «Ijod» fondi tomonidan moliyalashtirilgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Yoshlik qaytib kelmaydi»

T 1989. 124 b

Bolalik samimiylik, soddalik va to’gri so’zlilikdir. Kishining yoshi ma’lum joyga yetgach, o’z o’tmishiga nazar solganda, ana shunga amin bo’lavеrar ekan. Bu musaffo davr haqida so’zlaganda biror kalima yolgon ishlatish mumkin emas. Bolalikni eslarkan, odam o’zini yengil sezadi, qalbining yillar guboridan tozalanayotganini his etadi.

Uzbekiston xalq yozuvchisi Ibrohim Rahimning ushbu xotiralarini o’qirkansiz, shunday xayolga borasiz. Muallif qiyinchilik ichra o’tgan bolalik kunlari, xalqning urushga qadar kechirgan hayoti, turli sayil va bayramlari, orzu-intilishlari to’g’risida samimiyat bilan hikoya qiladi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Ruboiylar devon»

Namangan 2015. 96 b

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Muhabbat mavosi»

T 2013 . 246 b

Jahon so’z san’atining zabardast namoyandalaridan bo’lgan Mavlono Jaloliddin Rumiy Sharq she’riyatining dovrug’dor janrlaridan biri ruboiyda ham mahorat bilan qalam tеbratgan va o’zidan 1994 ta ruboiy qoldirgan. Orif shoirning ushbu to’plami ana shu salmoqli merosdan tanlab tarjima qilingan ruboiylar asosida tartib berildi.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Zulmatdagi nur»

Tarixiy mavzudagi dramalar

T 2019.-224 b.

Mazkur kitobdan XX asr Andijon adabiy muhiti vakillaridan bo’lgan shoir, nosir, dramaturg, adabiyotshunos Hoshimjon Razzoqovning tarixiy mavzudagi dramalari o’rin olgan. Dramaturg bu asarlarda o’zbеk mumtoz adabiyotining yorqin namoyandalari Bobur, Nodira obrazlarini, ular yashagan tarixiy sharoit, ijtimoiy muhitni rеal voqeliklar asosida yoritgan.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Mulla jo’ra oxund»

Namangan 2015. 72 b.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!

«Biz yana do’stimiz»

Andijon 2019. 63 b

Bir necha kitoblar muallifi, jurnalist va yozuvchi To’lqin Rasulovning bolalar hayotidan yozilgan «Ayiq mening do’stim» qissasida maktab o’quvchilari Shavkatjon bilan Akramjonning sarguzashtlari aks etgan. Qissada qishloq va shahar hayoti, tabiatning go’zalligi, bolalarning hayvonot olamiga munosabati, ota-onalarning farzandlarga mehr-muhabbati, do’stlikka bo’lgan ishonch haqida gap boradi. Uni o’qib maza qilasiz!

«Biz yana do’stmiz» bolalar handasi turkumi ham maktab o’quvchilari hayotiga bag’ishlangan. Unda o’smir yigit-qizlar hayotida sodir bo’lgan qiziq-qiziq voqealar, kulgili gaplar tilga olingan. Ularni o’qib odob-axloq, to’qriso’zlik, yolg’onchilik, aldamchilik nima ekanligini bilib olasiz.

Ushbu badiiy kitobni Andijon davlat pedagogika instituti, Axborot – resurs markazidan olib o’qishingiz mumkin!