“Bahor Malikasi” nomli “Balli qizlar” bellashuvi

Andijon davlat pedagogika instituti


Bellashuv quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:

1.O‘zini tanishtirish – ishtirokchining ijodiy chiqishi orqali o‘z shaxsiyati, qiziqishlari va maqsadlarini namoyon etishi.

2.She’r ijrosi – bahor, Vatan, ayol siymosi yoki ma’naviyat mavzusidagi she’rni ifodali o‘qish.

3.Intellektual savol-javob – umumiy bilim va dunyoqarashni sinovdan o‘tkazish.

4. Milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi moda – milliy an’ana va urf-odatlarimizni zamonaviy talqinda ifodalovchi libos namoyishi.

5.O‘ziga yoqqan asarni jonlantirish – sevimli badiiy asardan parcha sahnalashtirish orqali ijodiy yondashuvni ko‘rsatish.

6.Kitob tavsiyasi – biror asarni mazmunli va ta’sirchan tarzda tavsiya qilish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish.

7. Ixtiyoriy mavzu – ishtirokchining erkin ijodiy chiqishi (qo‘shiq, monolog, raqs, sahna ko‘rinishi, ijodiy loyiha, hunarmandchilik namoyishi va boshqalar). Ushbu shartda ishtirokchi o‘z iste’dodi va ijodkorligini keng namoyon etishi mumkin.

Mazkur tadbir talabalarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiluvchi, bahoriy shukuh va ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi ma’naviy bayram sifatida o‘tkaziladi.

Barcha kafedralarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

+998 90 545 59 69 N. Maxliyoxon.